Qadimda bolalarning o‘yinchog‘i bo‘lganmi?
Qadimda ham bolalarning o'yinchoqlari bo'lganmi?
2 min
Tarix

Oʻyinchoqlar biz uchun nimani anglatadi? Ular faqat ikkita yogʻoch yoki mato boʻlagi kabi oʻynash uchun narsami? Albatta, baʼzida ular bilan oʻynash va ularni oʻyinchoq sifatida ishlatish mumkin, ammo biz “oʻyinchoq” deya koʻproq narsani nazarda tutamiz. 

Oʻyinchoq — bolani quvontiradigan, kattalarning harakatlaridan nusxa koʻchiradigan narsa. Pulemyot, mashinacha yoki vagon, qoʻgʻirchoq, kichkina uy — bular oʻyinchoqlar. Shuningdek, toʻp va pirildoqlar. Ammo bolalar qadim zamonlardan beri kattalarga taqlid qilishni yoqtirgan, shuning uchun ham oʻyinchoqlar insoniyat paydo boʻlgan birinchi yillardanoq doimo mavjud boʻlgan degan xulosaga kelish mumkin.

Arxeologlar qadimgi shahar xarobalarida qoʻngʻiroqcha, shaqildoq, mayda tuvakcha, hayvonlarning loy, bronza va qoʻrgʻoshindan yasalgan haykalchalari kabi oʻyinchoqlarni topgan. Qadimgi fors shahridagi qazish ishlari vaqtida gʻildiraklar ustida turgan sher topilgan. Oʻyinchoqning pastki qismida xuddi hozirgi oʻyinchoqlardagi kabi sherni tortib yurish uchun chilvir oʻtkazishga moʻljallangan teshik boʻlgan. Bu sher esa 3000 yoshda. Qadimgi Misr xarobalari orasida toʻp, pirildoq va qoʻgʻirchoqlar ham topilgan. Yunon va rimliklarning bolalari shaqildoq va aravachalar oʻynagani bizga maʼlum. Kiprda xuddi hozir mashinachalar oʻynashgani kabi qadimda bolalar oʻynagan oʻyinchoq sharob aravachalari topilgan.

Oʻrta asrlarda bolalar loydan yasalgan ot, qurollangan ritsar, kamon va oʻqlar bilan bilan oʻynagan. Uygʻonish davrida oʻyinchoqlar koʻpincha mohir hunarmandlar tomonidan yasalgan. Ular oʻsha paytdagi qurol yoki uy-roʻzgʻor buyumlarining kichraytirilgan nusxasi boʻlgan. Qadimgi oʻyinchoqlarni topa olmasligimizning sabablaridan biri shundaki, ular odatda yogʻochdan yasalgan. Yogʻoch yerda tezda chirigani uchun eng qadimgi oʻyinchoqlar bizga qadar yetib kelmagan.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!