Chumolilar doim koloniyada yashaydimi?

Chumolilar koloniya shaklida yashovchi yagona hasharot emas, lekin aynan ularning koloniyani tashkil qilish usuli katta taassurot qoldiradi. Koloniyadagi chumolilar soni bir necha yuz mingdan 12 donagacha boʻlishi mumkin. Ular yerosti, oʻrmon, tepalik va hatto choʻchqayongʻoq ichiga butunlay yashiringan uyalar qurishi mumkin.

Chumolilarning 2000 ga yaqin turi ichida eng keng tarqalgani qizil va qora chumolilardir. Barcha chumolilar ijtimoiy hasharotlardir. Ularning toʻdasi “qirol” (aniqrogʻi, malika), qanotli yosh erkak, urgʻochi hamda qanotsiz ishchi chumolilardan iborat kichik millatdir. Chumolilar asosan balandligi 1 m gacha va kengligi 30 sm gacha boʻlgan chumoli uyumlarida yashaydi.

Chumolilarning baʼzi turi “qullarga” egalik qiladi. Bu chumolilar “kichik birodar”lariga qarshi urush ochib, uyidan haydab chiqaradi va ularning tuxum, lichinka, gʻumbak hamda ozuqa zaxiralarini olib ketadi. Oʻlja olingan tuxum, lichinka va gʻumbaklar keyinchalik “xoʻjayini”ga xizmat qilishga majbur boʻladigan chumoli boʻlib voyaga yetgunga qadar avaylab parvarish qilinadi.

Markaziy Afrika, Janubiy Amerika va Janubiy Osiyoda chumolilarning etxoʻr turlari yashaydi. Baʼzan ular “afrikalik chumoli”lar deb ham ataladi. Bu chumolilar barchani vahimaga soladi. Chunki tirik goʻshtni qidirib, hech narsadan tap tortmay, uzun safda kelayotgan afrikalik chumolilarning beshafqat yovuzligiga hech kim teng kelolmaydi. Eng katta va haybatli hayvonlar afrikalik chumolilarning millionlab chaqishi oldida ojiz boʻlib, faqatgina suvga tushib, azob beruvchilarini suvga gʻarq qilgancha najot topadi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!