Pashsha qanday oziqlanadi?

Kichik oʻlchamlari tufayli (1000 ta voyaga yetgan pashshaning vazni 25—30 g) oddiy uy pashshasining koʻp ovqatga ehtiyoji yoʻq va shuning uchun ham har qanday joyda oʻzi uchun yetarli ozuqa topa oladi. Uy pashshasi qattiq ovqat yemaydi, chunki uning chaynaydigan narsasi yoʻq. Pashshaning ogʻzi faqat suyuq ovqatni soʻrib olishga moslashgan. “Til” rolini filnikiga oʻxshash xartumcha bajaradi. Shuningdek, uning uchi ikkiga ayrilgan va bu kanallar suyuq ozuqa soʻrib olinadigan naychalar vazifasini bajaradi.

Momaqaldiroqdan oldin uypashshasi chaqadi, degan keng tarqalgan fikr notoʻgʻri. Shunchaki, bu holatda odamlar uy pashshasini choʻl yoki goʻng pashshasi kabi boshqa turlar bilan chalkashtiradi. Bu pashshalar qon soʻruvchi boʻlib, odamlarni aynan ular chaqadi. Agar uy pashshasi chaqmasa, u holda ular nega xavfli hisoblanadi? Gap shundaki, pashshalarning “yostiqcha”li panjalari va tanasi dikkayib turgan tuklar bilan qoplangan, tili esa yopishqoq, shilimshiq moddaga burkangan. Bu esa pashshaga doim chang va axlat yopishishini anglatadi. Uy pashshalari ozuqasini hamma joyda, shu jumladan, axlat va nopok joylarda qidirgani tufayli ularda turli xil kasalliklarni keltirib chiqaradigan bakteriyalar boʻlishi mumkin. Pashsha qoʻnganda, mana shu bakteriyalar bizning ovqatimizga oʻtib, oziq-ovqat bilan birga tanaga kiradi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!