Baliqlar eshitadimi?

Baliq oviga borganda, baliqlarni choʻchitib yubormaslik uchun oyoq uchida yurishingizga toʻgʻri kelganmi? Baliq sizni eshitib qoʻysa, u boshqa xavfsizroq joyga suzib ketadi, chunki uning qulog‘i bor va eshitadi. Ammo baliqlarning qulogʻi biz odatlangandek tashqarida emas, balki ichkarida joylashgan. Odamlar biz hayot uchun zarur deb hisoblagan baʼzi funksiyalarga baliqlar ega emas deb oʻylaydi. Ehtimol, bu baliqlar sovuqqon boʻlgani uchundir. Balki bu baliq ovlashni yoqtirganimiz va ular nima sodir boʻlayotganini tushunmaydi deb oʻylashni afzal koʻrganimiz sabablidir…

Ammo boshqa hayvonlar singari baliqlarning ham asab tizimi bor. Agar ularni bezovta qilsak, ular buni sezadi, azob bersak esa ogʻriqni his qiladi. Baliq juda sezgir va oʻtkir taʼm bilish qobiliyatiga ega. Ular terisi bilan sezadi, burun teshigida esa ikkita kichik hid bilish aʼzosi joylashgan. Baliqlarning sovuqqon ekani, ularning harakatini taʼminlaydigan “yoqilgʻi”ga ehtiyoji yoʻqligini anglatmaydi. Tabiiyki, “yoqilgʻi” vazifasini ozuqa bajaradi. U baliqning ichida “yonib”, uni hayotiy energiya bilan taʼminlaydi. Qon baliqning barcha ichki aʼzolariga nafaqat bu energiyani, balki uning “yonishi” uchun kerak boʻlgan kislorodni ham yetkazib beradi. Baliq ham xuddi bizda boʻlgani kabi qon aylanishini taʼminlaydigan yurakka ega.

Albatta, turli xil sharoitlarda yashagani uchun baliqlar bir-biridan koʻp jihatdan farq qiladi. Masalan, ikki xil nafas oluvchi baliqlarda oyquloq ham, havoda nafas olish uchun oʻpka ham mavjud. Gʻorlarda yashovchi ayrim baliq turlari koʻr boʻlgani bois, ularning boshida moʻylovlari bor. Baʼzilari dengiz suvida, boshqalari esa chuchuk suvda yashaydi. Ayrim baliqlar faqat okean tubidan qoʻnim topgan.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!