20.02.2024
Elektr ilonbaliq elektr baliqlar guruhiga mansub. Ular elektr razryadlari yordamida dushmanlardan himoyalanadi va ov qiladi. Ular boshqa baliqlar bilan qarindosh boʻlsa-da, ulardan farqli oʻlaroq elektr energiyasiga ega. Olimlar haligacha bu qanday paydo boʻlganini izohlab bera olmayapti.
Barcha elektr baliqlar orasida eng xavflisi Braziliya elektr ilonbaligʻi deb ataladigan Janubiy Amerika ilonbaligʻidir. Qoʻngʻir rangdagi qalin tanaga ega bu jonzotlar Orinoko va Amazonkaga quyiladigan daryolarda yashaydi. Koʻpincha ularning uzunligi ikki metrga yetishi mumkin va elektr aʼzolari joylashgan dumining zarbasi bilan esa ot kattaligidagi hayvonni karaxt holatga keltirishi hech gap emas.
Aytishlaricha, ular odamni ham bir necha soatga safdan chiqarishi mumkin. Elektr baliqlarining yana bir turi — baʼzan uzunligi deyarli bir yarim metrga yetadigan elektr skat. U tropik Afrikaning barcha yirik daryolarida uchraydi. Elektr baliqlar guruhidagi uchinchi tur — barcha iliq dengizlarda uchraydigan torpedasimon skat. U asosan qirgʻoq yaqinidagi katta chuqurliklarda yashaydi. Aytishlaricha, Atlantika okeanida uchraydigan bu oilaning vakili uzunligi bir yarim metr boʻlib, ogʻirligi 90 kilogrammni tashkil qilar ekan.
Elektr skatning orqa qismi qoramtir, qorin qismi esa oq. U yumaloq va yassi boʻlib, kuchli dumga ega. Uning elektr aʼzolari bosh va oyqulog‘i oʻrtasida joylashgan. Bu baliq bilan oʻtkazilgan tajribalar shuni koʻrsatdiki, elektr energiyasidan foydalangandan soʻng uni qayta tiklash uchun dam olishi va ovqatlanishi kerak.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.