Soch qanday o‘sadi?

Sochning ham, tirnoqning ham kelib chiqishi bir xil ekanini bilarmidingiz? Ular terining dagʻallashgan qatlamidan oʻsadi. Soch terining bir qismi pastki qatlamga kirib, u yerda ildiz otganda rivojlanadi. Keyin u terining qatlamlari orqali yuqoriga koʻtarilib, tashqariga chiqadi. Soch ildizlarida toʻrt xil hujayra qatlami mavjud. Ular boʻlinib, koʻpayadi va soch tolasini teri orqali yuqoriga itaradi.

Yuqoriga koʻtarilgani sari soch hujayralari terining tashqi qatlamiga oʻxshash dagʻallashgan moddaga aylanadi. Sochning tashqi yuzasidagi hujayralar tekislashib, chagʻirtoshlar kabi bir-birining ustiga teriladi. Ildiz hujayralari yaqinida sochning oʻsishi uchun zarur bo‘lgan moddalarni oʻz ichiga olgan katta, yumaloq yogʻ hujayralari mavjud. Aytgancha, soch ildizi bu toʻqimaga xuddi “burab” kirgizilgandek. Uni yulib olib boʻlmaydi. Shuning uchun soch tortib olinganda, uning ildizi yulinmaydi.

Soch oyiga taxminan 12 millimetr tezlikda oʻsadi. Ajablanarli tomoni shundaki, u kunning turli vaqtida har xil tezlikda oʻsadi. Kechasi soch juda sekin oʻsadi, ertalab esa oʻsish tezlashadi, kechga yaqin sekinlashadi va keyin oʻsish yana tezlashadi. Erkaklarning boshidagi soch uch yildan besh yilgacha yashaydi, ayollarning sochi esa yetti yilgacha umr koʻradi. Kipriklar esa atigi olti oy yashaydi! Umuman olganda, voyaga yetgan insonda 300 dan 500 mingtagacha soch boʻladi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!