Akkordeonni kim ixtiro qilgan?
Konsert akkordeoni haqida ma'lumot.
< 1 min
Tarix

Akkordeon — temirchilik bosqoni prinsipi asosida yaratilgan asbob. Undagi tovush haydalgan havoning metall plastinkalar orqali oʻtishi natijasida hosil qilinadi. Bu musiqa asbobining rivojlanishi uzoq yillar davom etgan. Asbobning bir qismi boʻlgan metall plastinkalar ilk bor qadimgi xitoyliklar tomonidan “cheng” deb atalgan musiqa asbobida ishlatilgan.

XVI asrda bosqon oʻrnatilgan yogʻoch ramkalardan foydalanish gʻoyasi paydo boʻlgan. Bosqonni choʻzish va siqish paytida hosil boʻlgan havo oqimi plastinkalarni tebratgan. Bunda tugmachalar bosilgan. Plastinkalarning bu tebranishi akkordeon tovushlarini hosil qiladi. Nafaqat akkordeonlarda, balki pianinoda ham ishlatiladigan tugmachalar XII asrda ixtiro qilingan.

Zamonaviy akkordeonning ajdodi deb hisoblash mumkin boʻlgan birinchi asbob 1829-yilda avstriyalik Damian ismli shaxs tomonidan yaratilgan. Konsert akkordeoni deb nomlangan bu musiqa asbobi 1910-yilgacha faqat Yevropa mamlakatlarida maʼlum boʻlgan. Soʻngra u Amerika estradasida paydo boʻlgan. Oʻsha vaqtdan boshlab u ancha takomillashtirilgan va 1937-yilda birinchi marta simfonik orkestrda ishlatilgan. Konsert akkordeonining bir tomonida 120 ta bas, boshqa tomonida 41 ta yuqori ohang tugmachalari mavjud.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!