2 min
Chumolixo‘r qanday hayvon?

Shubhasiz, barchamizni maktabimizda eʼlonlar taxtasi boʻlgan. Uni oʻqiganimizda nima olamiz? Albatta, maʼlumot! Bir vaqtlar dunyoda faqatgina gazeta boʻlgan xolos. Barcha maʼlumot va yangiliklar hukumat tomonidan xabar qilingan va sayohatchilar tomonidan olib kelingan. Yangiliklar har kim oʻqiy oladigan maxsus eʼlon taxtalariga joylashtirilgan.
Albatta, buni haqiqiy gazeta deb ayta olmaymiz, chunki haqiqiy gazetani oʻzimiz bilan xohlagan joyga olib ketishimiz mumkin. Shunday qilib, dunyodagi birinchi gazeta uchun biz qadimgi Xitoyga borishimiz kerak. Taxminan 1300 yil oldin Xitoy hukumati “Tchin Pao” nomli, yaʼni “Poytaxt yangiliklari” degan maʼnoni anglatgan gazetani chiqargan. Hukumat shu yoʻsinda oʻz fuqarolarini eng muhim voqealar haqida xabardor qilgan.
Qadimgi Rimda ham hukumat gazetasi boʻlgan va odamlarga bepul tarqatilgan. U “Akta Diurna” (“Kun voqealari”) deb nomlangan. Shu ikkita gazeta haqida tarixda bir necha maʼlumot qolgan.
XVI asrga kelib odamlar gazeta uchun pul toʻlashlari kerak boʻlgan! Venetsiyada hukumat “Notizie Skritte” (“Yozma yangiliklar”) nomli gazeta chiqargan va bir nusxasi uchun odamlar bir gadzetta (tarixda Venetsiya pul birligi) pul toʻlashgan.
XVIII asrda esa gazetalar ozmi-koʻpmi muntazam ravishda nashr etilib, ularda nafaqat yangiliklar, balki sharhlar ham boʻlgan. Bunday gazetalardan biri 1663-yilda Londonda nashr etilgan va “Darakchi” deb nomlangan. Sekin bosmadan chiqarilishi va yetkazib berilishi sababli aksariyat gazetalar haftada bir marta nashr etilgan.
Amerikadagi birinchi gazeta “Ijtimoiy voqealar” deb nomlangan. U birinchi marta 1690-yilda Massachusetts shtati Boston shahrida nashr etilgan. Ammo uning bosilishi tez orada koloniya gubernatori tomonidan toʻxtatilgan. Benjamin Franklin 1729-yildan 1765-yilgacha “Pensilvaniya gazetasi” nashrini boshqargan. 1752-yilda Amerikada atigi ikkita gazeta boʻlgan, ammo Amerika inqilobi davriga kelib ularning soni 37 taga yetgan!
Eng nufuzli gazetalardan biri boʻlgan Londonning “Times” (“Vaqtlar”) gazetasi ilk bor 1785-yilda nashr etilgan hamda shu kungacha chop etilmoqda.
Hozirgi kunga kelib gazeta oʻrnini televideniye va internet bosib olmoqda, kelajakda maʼlumotni yetkazishning bu turi umuman yoʻq boʻlib ketishi hech gap emas. ?