3 min
Bir, ikki, uch… Nega uxlay olmaganlar qo‘y sanaydi?

Tanishing, bu — Maykl — kelajak geymeri. Kanadalik tadqiqotchilar Maykl (Michael) ismli videoo‘yinlarni sevuvchi geymerni loyihalashtirdi: u bukri va rangi oqarib ketgan. LADbible saytiga ko‘ra, bu grotesk model videoo‘yinlar keragidan ko‘p o‘ynash odamlar ko‘rinishiga qanday ta’sir o‘tkazishini tasvirlaydi.
Kanada portalini oʻzining 2020-yilgi hazilomuz tadqiqotida ishtiyoqli geymerlar o‘z odatlari va turmush tarzini o‘zgartirmasa, 20 yildan keyin qanday ko‘rinishga kelib qolishini bashorat qildi. Mayklni loyihalash uchun tadqiqotchilar Kanada Milliy sog‘liqni saqlash xizmati, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va britaniyalik interaktiv ko‘ngilochar kompaniyalarning geymer turmush tarzining uning sog‘lig‘iga ta’siri haqidagi hisobotlarini ko‘rib chiqdi. Ushbu ma’lumotga tayangan holda jamoa animator va rassomlar bilan ishladi.
Xo‘sh, bizda nimalar bor? Noto‘g‘ri ovqatlanish (o‘z vaqtida ovqatlanmaslik) va quyosh nurining yetishmasligi D va B-12 vitaminlari yetishmasligiga olib kelgan, natijada Mayklning terisi oqarib ketgan. Maykl o‘yin o‘ynaganda to‘g‘ri o‘tirmagani tufayli beli bukilgan, bosh suyagi esa doimo quloqchin taqib yurgani sababli qishayib qolgan. Shuningdek, Maykl tez-tez stress holatiga tushishi tufayli (o‘yin o‘ynaganda asabiylashish — tabiiy hol), u ekzema kasalligiga chalingan. Ko‘zlar ekrandan deyarli uzilmagani va surunkali uyqusizlik tufayli modelning ko‘zlari qizarib ketgan, ular ostida “xaltachalar” paydo bo‘lgan.
Oyoqlar qonning yomon aylanishi va uzoq vaqt bir joyda o‘tirish sababli ishib ketgan. Qo‘llar esa sichqoncha va klaviaturani ushlayvergandan qadoq bosib ketgan. Qishaygan “Playstation-barmoq”ni ham ko‘rishimiz mumkin — joystikni sevuvchilarga alangali salom. Ha, aytgancha, qorin chiqqaniga o‘zingiz ham allaqachon e’tibor berib bo‘ldingiz.
Tadqiqotchilar jonkuyar geymerlarga o‘z sog‘liklarini buzmaslikka yordam beruvchi 5 ta maslahat bilan ham o‘rtoqlashishdi va ularning barchasi juda oddiy:
Eslatma: videoo‘yinlarga qaramlik Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan rasmiy psixologik kasallik sifatida tasniflanadi.
Muqova surat: onlinecasino.ca
Manbalar:
→ onlinecasino.ca/future-gamer
→ ladbible.com/technology/gaming-terrifying-model