KOINOT
KOINOTGA XUSH KELIBSIZ!

Koinot shunchalik kattaki, ongimiz uchun uning hajmini tasavvur qilish juda qiyin. Lekin yaxshi bir solishtiruv bor: Yer sayyorasidagi eng katta cho‘l hisoblanuvchi Sahroyi Kabirning cheksiz qumlarini ko‘z oldingizga keltiring, koinotdagi Yer sayyorasi bu — o‘sha cho‘ldagi kichik qum zarrasi.

KOINOT NIMA?
koinot bu — hamma narsa!
U barcha mavjud bo‘shliqni, shuningdek, kosmosdagi barcha materiya va energiyani o‘z ichiga oladi. Koinot hatto vaqtning o‘zini ham, va, albatta, siz va meni o‘z ichiga oladi.

Koinot milliarddan ortiq galaktikani ham o‘z ichiga oladi...

GALAKTIKA

Galaktika bu — yulduzlar, gaz, chang va qora materiya yig‘indisi. U millionlab yulduzdan iborat bo‘lib, ularning aksariyati bizning Quyoshimizdan ancha katta va o‘z Quyosh tizimlariga ega.

Bilasizmi, galaktikalar millionlab yulduzdan 100 milliardgacha yulduzni qamrab olishi mumkin va ular odatda o‘z o‘qlari atrofida g‘ildirak kabi aylanadi.

ko‘proq ma’lumot
SOMON YO‘LI

Biz ham bu galaktikalardan birida joylashganmiz. Bizning galaktikamiz “Somon yo‘li” deb ataladi, u yumaloq va yassi, shakli esa spiralsimon.

Galaktikamizda kuzatadigan millionlab yulduzlar “Somon yo‘li”ni hosil qiladi.

KO‘PROQ FAKTLAR BILMOQCHIMISIZ?
ko‘proq ma’lumot
Fazoviy jismlar:
YULDUZLAR
YULDUZLAR
Keling, yulduz qanday tug‘ilishi va o‘lishini ko‘rib chiqamiz.
Yulduzlar spiral galaktikalar yenglarida zich gaz bulutlari sifatida shakllana boshlaydi.
Bu vaqtda vodorod atomlari markazga ortib borayotgan tezlik va energiya bilan tushadi.
Energiyaning bunday ortishi gazni isitadi. Millionlab yillar o‘tib, bu harorat Farengeyt bo‘yicha 20 million darajaga yetadi.
Bunday haroratda yulduz ichidagi vodorod alanga oladi va uzluksiz yadro reaktsiyalari natijasida yonib ketadi — yulduz shunday tug‘iladi.
Qariyotgan, shishgan yulduz qizil gigant deb ataladi.
Yulduz tashqi qismlarining shishishi va qizarishi uning qariligining belgilari hisoblanadi .
Ammo vaqt o‘tishi bilan yulduz o‘z vodorod zaxirasini tugata boshlaydi — bu yulduzning hayoti tugayotganini anglatadi.
Barcha yoqilg‘i tugab bo‘lgach, yulduz gravitatsiyaning ulkan kuchini muvozanatlash uchun o‘z markazida yetarli bosim hosil qila olmay qoladi.
Yulduz o‘z og‘irligi ostida vayron bo‘la boshlaydi. Agar u nisbatan kichik bo‘lsa, sekin siqiladi va shu holda qoladi.
Bunday siqilgan yulduz umrining oxirida oq mitti deb ataladi.
YULDUZ TURKUMLARI

Yulduz turkumlari bu — Yerdan ko‘rinadigan va birgalikda ma’lum shakllarni hosil qiluvchi yulduzlar guruhi. Yulduz turkumlarini tashkil etuvchi yulduzlar aslida bir-biridan juda uzoqda joylashgan bo‘lishi mumkin.

Tungi osmonda ko‘rish mumkin bo‘lgan eng yorqin yulduz turkumlar sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin: Orion — uch yulduzli kamarga ega burchakli “sakkiz”; Katta ayiq — yetti yulduzdan iborat cho‘mich yoki o‘roq; Kassiopeya — W yoki M harflariga o‘xshash turkum.

ENG YORQIN YULDUZ QAYSI?
DAVOM ETAMIZ: QUYOSH TIZIMIGA MARHAMAT!
Quyosh tizimining bunday shakllanganiga hech qanday sabab yo‘q. Koinotdagi boshqa ko‘plab Quyosh tizimlari singari, u butunlay boshqacha bo‘lishi mumkin edi. Bu ularning qanday paydo bo‘lganiga bog‘liq. Ammo inson Quyosh tizimining hozirgi shakli qanday saqlanib qolganini tushuntirishga imkon beradigan tabiat qonunlarini kashf etdi.
Fazoviy jismlar:
SAYYORALAR
merkuriy
Quyoshga eng yaqin sayyora
venera
Eng issiq sayyora
Fazoviy jismlar:
ASTEROIDLAR, KOMETALAR, METEORITLAR
YER
Jonajon uy
OY
Yerning yo‘ldoshi
METEORITLAR
KOMETALAR
MARS
Qizil sayyora
YUPITER
Eng katta sayyora
ASTEROIDLAR
SATURN
Halqali sayyora
Sayyoralar BIR-BIRI BILAN to‘qnashiB KETISHI mumkinmi?
URAN
Muzli gigant
NEGA SAYYORALAR BIR-BIRIGA O‘XSHAMAYDI?
NEPTUN
Eng shamolli sayyora