Biz qaysi galaktikada yashaymiz?

Aftidan, osmondagi eng sirli va goʻzal narsa — osmonning bir chetidan ikkinchi tarafiga qarab qimmatbaho toshlar marjoniga oʻxshab choʻzilib ketgan Somon yoʻli boʻlsa kerak. Bizning Quyosh tizimimiz Somon yoʻli nomli galaktikada joylashgan. Qadimda odamlar ham, biz kabi, bu tasvirga qarab, uning goʻzalligidan hayratlanib zavqlanishgan. Bu nima boʻlishi mumkinligini bilmay, ular Somon yoʻli haqida gʻayrioddiy va baʻzan chiroyli tushuntirishlar berishgan.

Masalan, nasroniylik paydo boʻlganida, odamlar farishtalar osmonga koʻtarilishlari uchun bu ularning yoʻli deb hisoblashgan. Shuningdek, ular buni Yer yuzida yashovchilarning osmon gumbazi ortida nima borligini koʻrishlariga imkon beradigan osmondagi teshik deb ham oʻylashardi.

Somon yoʻli haqidagi bugungi bilimlarimiz undan zavqlanishimizga toʻsqinlik qila olmaydi. Voqelik goʻyo uning yaratilishi haqidagi qadimiy afsonalar kabi hayratlanarlidir.

Bizning galaktikamiz yumaloq va yassi boʻlib, shakli soatga oʻxshaydi. Agar unga yuqoridan qaray olsak edi, galaktika haqiqatan ham soatga oʻxshashligini koʻrgan boʻlardik. Ammo biz galaktika ichidamiz va yuqoriga qarab, soatning ichidan chetiga qaragan boʻlamiz. Biz uning cheti atrofimizda egilayotganini kuzatamiz. 

Galaktika 3 milliard yulduzdan iborat ekanligidan xabaringiz bormi? Biz uning hajmi haqida ham tasavvurga egamiz. Quyoshdan keladigan yorugʻlik yerga 8 daqiqa 20 soniyada yetib keladi, galaktika markazidan Quyoshgacha boʻlgan masofani esa yorugʻlik nuri 27 ming yilda bosib oʻtadi.

Galaktika oʻz oʻqi atrofida gʻildirak kabi aylanadi. Bitta toʻliq aylanish 200 000 000 yil ichida amalga oshadi.

Somon yoʻli galaktikasidan tashqari Koinotda boshqa koʻplab galaktikalar ham mavjud.


Galaktikalar solishtirilgani haqida video: youtu.be/ofCtdHVBURk

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!