FOYDALANISH SHARTLARI
BOSHLASHDAN OLDIN ATAMALAR BILAN TANISHIB OLAYLIK:
SINAPS — ilmiy-ommabop veb-portal. Loyiha “Unitel” MChJ tomonidan yuritiladi. Loyiha veb-sayti → sinaps.uz va quyida “Sayt” deb yuritiladi.
Foydalanuvchi — sinaps.uz sayti kontentidan foydalangan har qanday shaxs.
Kontent — sinaps.uz saytida foydalanish uchun joylashtirilgan va foydalanuvchi tomonidan faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun moʻljallangan har qanday maʼlumot (maqolalar, audiolar, videolar, suratlar, intervyular va boshqa interaktiv materiallar).
Kelishuv — foydalanuvchini quyidagi shartlarni qabul qilishga taklif qiluvchi hujjat (ommaviy oferta).
MUHIM
Foydalanuvchi Saytdan foydalanishdan oldin ushbu Kelishuv bilan toʻliq tanishib chiqishi shart. Foydalanuvchining Saytdan roʻyxatdan oʻtishi (hozirchalik bu imkoniyat mavjud emas), shuningdek, Saytning har qanday funksiyalari va dasturiy taʼminot imkoniyatlaridan foydalanishi uning ushbu Kelishuvga toʻliq va soʻzsiz amal qilganini anglatadi.Kelishuvda bevosita nazarda tutilmagan barcha masalalarda tomonlar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va ish yuritish qoidalariga amal qiladi.
1. KELISHUV MAVZUSI
1.1. Ushbu Kelishuvga muvofiq Sayt Foydalanuvchiga saytdan bepul foydalanish, shuningdek, ushbu Kelishuvning 2.1-bandida koʻrsatilgan harakatlarni bajarish imkoniyatini taqdim etadi.
1.2. Saytda taqdim qilingan materiallar taʼlim beruvchi hisoblanmaydi va litsenziyalanmaydi, ulardan foydalanganlar majburiy yakuniy attestatsiyadan oʻtkazilmaydi va ularga biror-bir malaka yoki davlat taʼlimi toʻgʻrisidagi hujjat berilmaydi.
2. SAYTDAN FOYDALANISHNING UMUMIY SHARTLARI
2.1. Saytdan foydalanishda quyidagilarga ruxsat beriladi:
— shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun Saytga joylashtirilgan Kontentni koʻrish;
— Saytdan foydalanish qoidalari doirasida izoh yozish.
2.2. Saytga joylashtirilgan Kontentdan foydalanish uchun Saytda roʻyxatdan oʻtish va/yoki Foydalanuvchining avtorizatsiyasi talab qilinmaydi.
2.3. Saytga joylangan har qanday Kontent Foydalanuvchining kutilmalariga yoki talablariga javob berishiga, aniq bir bayonot yoki faktlarni tasdiqlashga kafolat berilmaydi.
3. TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
3.1. Foydalanuvchi quyidagi majburiyatlarga ega:
3.1.1. ushbu Kelishuv matni bilan tanishish va uning shartlariga rioya qilish;
3.1.2. Saytdan foydalanishda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga, shuningdek, uchinchi shaxslarning huquq va manfaatlariga rioya qilish;
3.1.3. Saytning meʼyorda ishlashiga toʻsqinlik qiladigan harakatlarni amalga oshirmaslik, jumladan, viruslar, troyanlar va boshqa zararli dasturlardan foydalanmaslik;
3.1.4. Saytda ushbu Kelishuv shartlaridagi oʻzgarishlarni mustaqil ravishda kuzatib borish.
3.2. Foydalanuvchi quyidagi huquqlarga ega:
3.2.1. Kelishuv shartlariga muvofiq Saytdan foydalanish;
3.2.2. Saytdan foydalanish qoidalari doirasida izoh yozish.
3.3. SINAPS quyidagi majburiyatlarga ega:
3.3.1. ushbu Kelishuvda koʻrsatilgan shartlar doirasida sifatli Kontent taqdim etish;
3.3.2. Saytning uzluksiz ishlashini taʼminlash uchun barcha zaruriy choralarni koʻrish. Ammo SINAPS Saytning ishlashidagi uzilishlar, maʼlumotlarni taqdim etishning sifati yoki tezligi, Saytga joylangan har qanday maʼlumotning toʻliq yoki qisman yoʻqolishi, yoki SINAPS aybi bilan sodir boʻlmagan Saytdan foydalanishda yuzaga kelgan yoki yuzaga kelishi mumkin boʻlgan har qanday boshqa zararlar uchun javobgar emas.
3.4. SINAPS quyidagi huquqlarga ega:
3.4.1. Saytdan foydalanish jarayonida noqonuniy xatti-harakatlarni aniqlash va ularga chek qoʻyish uchun har qanday oqilona choralarni koʻrish;
3.4.2. ushbu Kelishuvga bir tomonlama oʻzgartirishlar kiritish;
3.4.3. Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida yoki ushbu Kelishuvda belgilangan talablarga javob bermaydigan yoki uchinchi shaxslarning huquqlarini buzuvchi har qanday izohlarni oʻchirish va chop etilishini taqiqlash.
4. IZOH QOLDIRISH SHARTLARI
4.1. Foydalanuvchi Saytdan foydalanish doirasida izoh yozish huquqiga ega.
4.2. Foydalanuvchining izohlari ushbu Kelishuvning 4-boʻlimida belgilangan “Izoh yozish shartlari”ga muvofiq tekshirilganidan soʻng eʼlon qilinadi.
4.3. Izohlarni yozishda Foydalanuvchi ularning mazmuniga qoʻyiladigan quyidagi talablarga rioya qilishi kerak:
4.3.1. izoh matnida Saytga aloqador boʻlmagan fotosuratlar, videolar, maʼlumotlar, havolalar, soʻrovlar, reklama va boshqa materiallar boʻlmasligi shart;
4.3.2. izoh matnida haqoratli soʻzlar, tuhmat va nomaqbul soʻzlar (jumladan, harflar boshqacha belgilar bilan almashtirilgan soʻzlar ham) aks etmasligi kerak;
4.3.3. izoh matnida davlat, konstitutsiyaviy va ijtimoiy tuzumga putur yetkazish, Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa davlatlarning hududiy yaxlitligi, siyosiy mustaqilligi va davlat suverenitetini buzish, urush, terrorizm, zoʻravonlik, milliy oʻziga xoslikni targʻib qilish, diniy nafrat, irqchilik va uning turlari (antisemitizm, fashizm), shaxs shaʼni va qadr-qimmatini kamsitish, shaxsiy daxlsizlikka zarar yetkazish, pornografik materiallar tarqatish yoki Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligini boshqacha tarzda buzishga qaratilgan maʼlumotlar boʻlmasligi kerak.
4.4. SINAPS Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yoki ushbu Kelishuvda belgilangan talablarga javob bermaydigan yoki uchinchi shaxslarning huquqlarini buzuvchi har qanday izohlarni oʻchirish va eʼlon qilinishini taqiqlash huquqiga ega.
5. JAVOBGARLIK
5.1. Tomonlar ushbu Kelishuvni bajarmagani yoki lozim darajada bajarmagani uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga va ushbu Kelishuvga muvofiq javobgar boʻladi.
5.2. SINAPS Foydalanuvchi Saytdan va undagi Kontentdan foydalangani uchun va keyingi oqibatlar uchun javobgar emas.
5.3. Foydalanuvchi ishlatadigan dasturiy taʼminoti Sayt bilan mos kelmasligi oqibatida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammolar uchun shaxsan javobgardir.
5.4. SINAPS Foydalanuvchilarga Saytga uzluksiz kirish imkonini beradi va uning toʻgʻri ishlashini taʼminlaydi, texnik nosozliklar va uzilishlar yuz berganda, Saytning ish faoliyatini zudlik bilan tiklash uchun zaruriy choralarni koʻradi. Ammo SINAPS Saytning uzluksiz ishlashi va uzilishlar boʻlgan taqdirda Saytning faoliyatini tiklash uchun muayyan muddatlarga rioya qilish kafolatini bermaydi.
5.5. Agarda Foydalanuvchilar shaxsiy kabinet maʼlumotlarini uchinchi shaxslarga taqdim qilishsa yoki Foydalanuvchilarning harakati sababli bu maʼlumotlar uchinchi shaxslarga tushib qolsa, kabinetda qilingan hatti-harakatlar uchun SINPAS javobgar emas.
6. FORS-MAJOR HOLATLARI
6.1. Tomonlar ushbu Kelishuv tuzilganidan keyin oldindan prognoz qilib boʻlmaydigan yoki oldini olish mumkin boʻlmagan favqulodda vaziyatlar natijasida ushbu Kelishuv doirasidagi majburiyatlarni qisman yoki toʻliq bajara olishmasa, javobgarlikdan ozod qilinadi. Fors-major holatlari deganda suv toshqini, yongʻin, zilzila, davlat organlarining harakatlari yoki harakatsizligi (jumladan, valyuta operatsiyalarini cheklash ham), epidemiya va boshqa tabiiy hodisalar, urush yoki harbiy harakatlar va boshqalar tushuniladi.
6.2. SINAPS quyidagi sabablar, yaʼni tizimlar, veb-saytlar (SINAPSʼga tegishli boshqa interaktiv saytlar) faoliyatidagi uzilishlar, ularning ishlamay qolishi, xizmat koʻrsatishning kechikishi yoki bajarilmasligi natijasida kelib chiqqan har qanday zarar: texnik xizmat koʻrsatish uchun tizimning oʻchirilishi; aloqa terminallari yoki telekommunikatsiya uskunalari ishidagi nosozliklar natijasida maʼlumotlarni uzatishning imkonsizligi; tizimlarning ishdan chiqishi va fors-major holatlari tufayli oʻz vazifalarini bajara olmaslik; xizmatni taqdim etishni toʻxtatib turish yoki kechiktirish, SINAPS nazorati ostida boʻlmagan sabablarga koʻra tizimlar ishidagi nosozliklar, jumladan, xakerlik yoki kiberhujumlar, telekommunikatsiya uskunalari ishlashidagi texnik sozlashlar yoki nosozliklar, veb-saytlarni yangilash, uchinchi shaxslarda yuzaga kelgan nosozliklar, epidemiya yohud pandemiyaning milliy yoki mintaqaviy miqyosda tarqalishi oqibatida yuzaga kelgan logistika yoki biznes operatsiyalarining har qanday holatda toʻxtatib turish yoki toʻxtatish (jumladan, lekin shu bilan cheklanmagan holda har qanday davlat organining buyrugʻi bilan ish yoki faoliyatni qayta tiklashdagi kechikishlar) uchun javobgar emas va tovon toʻlashga majbur emas.
7. INTELLEKTUAL MULK
7.1. Saytning eksklyuziv huquqlari, shu jumladan (lekin ular bilan cheklanmagan holda) domen nomi, logotip, maʼlumotlar bazasi, Saytdan foydalanish imkonini beruvchi barcha texnik ishlanmalar huquqlari egasi SINAPS hisoblanadi.
7.2. Foydalanuvchi Saytdan Kelishuvda koʻzda tutilmagan usullarda foydalanish, shu jumladan Kelishuvda koʻzda tutilmagan har qanday uslubda va shaklda maʼlumotlarni olish huquqiga ega emas.
7.3. Saytdan foydalanish doirasida Foydalanuvchi yozgan barcha izoh va fotosuratlardan foydalanish mutlaq huquqi SINAPSʼga tegishlidir. Mazkur huquq doirasida SINAPS ushbu maʼlumotlarni maʼlum yoki nomaʼlum axborot tashish qurilmalarida saqlash, qolaversa, bunday huquqni ismlari koʻrsatilgan yoki koʻrsatilmagan uchinchi shaxslarga taqdim etishi mumkin.
7.4. Foydalanuvchi Saytda joylashtirilgan har qanday Kontentdan faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish huquqiga ega. Ulardan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari qolgan barcha hollarda foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi. Kontentdan toʻliq yoki qisman ushbu Kelishuvda aniq ruxsat berilmagan har qanday usulda foydalanish, jumladan uni sotish, ommaviy namoyish qilish, efirga uzatish, nusxalash va tarqatish, uchinchi shaxslarga taqdim qilish, internetga joylashtirish, oʻzgartirishlar kiritish, asarlar yaratishda foydalanish, shuningdek, SINAPSʼning oldindan yozma ruxsatisiz har qanday tijorat maqsadlarida foydalanish taqiqlanadi.
8. KELISHUVNI OʻZGARTIRISH
8.1. Ushu Kelishuv SINAPS tomonidan Foydalanuvchini ogohlantirmagan holda oʻzgartirilishi mumkin, Kelishuvning yangi varianti, agar unda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, saytga joylashtirilgan paytdan boshlab kuchga kiradi. Kelishuvning joriy varianti quyidagi sahifada joylashgan: sinaps.uz/foydalanish-shartlari.
9. NIZOLARNI HAL QILISH
9.1. Ushbu Kelishuv doirasida kelib chiqadigan har qanday nizo tinch yoʻl bilan yoki Foydalanuvchining yozma daʼvosi asosida shikoyat qilish tartibida hal qilinadi. Murojaatni koʻrib chiqish muddati va uning mazmuniga qoʻyiladigan talablar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari muvofiq belgilanadi.
9.2. Agar yuzaga kelgan nizo daʼvo tartibida hal etilmasa, u Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan tartibda javobgar joylashgan hududdagi vakolatli sudda koʻrib chiqilishi kerak.
10. YAKUNIY QOIDALAR
10.1. Kelishuvda bevosita nazarda tutilmagan barcha masalalarda tomonlar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va ish yuritish qoidalariga amal qiladi.
10.2. Agar biror-bir sababga koʻra ushbu Kelishuvning bir yoki bir nechta qoidasi haqiqiy emas yoki huquqiy kuchga emas deb topilsa, bu Kelishuvning qolgan qoidalarining haqiqiyligiga yoki huquqiyligiga taʼsir koʻrsatmaydi.
11. SINAPS MANZILI VA REKVIZITLARI
“Unitel” MChJ, Toshkent sh., Buxoro shox koʻchasi, 1-uy, Toshkent shahri, O‘zbekiston Respublikasi, 100047.