Yerdan gapiramiz

3:36 min
Goʻshtning asl narxi qancha?

Goʻshtning asl narxi hozirgidan qimmat degan jumlani eshitgan boʻlsangiz kerak. Agar chindan ham goʻshtning narxi baland boʻlsa, qolgan summani kim toʻlayapti? Yoxud ularni qarz daftariga yozib qoʻyishyaptimi? Aslida butun jamiyat oʻzi anglamagan holda bu xarajatlarning bir qismini toʻlab keladi. Qanday deysizmi? Albatta, soliqlar orqali. Choʻntagingizdagi pullar qayoqqa ketayotgani va isteʼmol mahsulotlarining asl narxini bilishni istasangiz hoziroq quyidagi videoni tomosha qiling!

2:33 min
Yerdagi oziq-ovqat qanchaga yetadi?

Agar biror favqulodda holat yuzaga kelsa, shu kungacha mavjud zaxiralar Yer yuzidagi insonlarni qancha vaqtgacha ozuqa bilan taʼminlashi mumkin? Juda koʻp deysizmi? Unda adashasiz. Masalan, okeandagi barcha (barchasini-ya) baliq, krevetka, qisqichbaqa va krillarni tutsak, ular bizni 6 oycha boqa olar ekan. Yana boshqa zaxiralar ham bor deysizmi? Mayli, unda videoni koʻring va barchasi haqida oʻzingiz batafsil bilib oling.

 

2:16 min
Nega ayrim maymunlarning “tutqich dumi” yoʻq?

Maymunlarning uchinchi “qoʻli” haqida eshitganmisiz? Hamma maymunlar ham bunday imkoniyatdan foydalana olmasligi haqida-chi? Ha, nima ham derdik, tabiat baʼzan juda shafqatsiz. Nega barcha maymunlarda uchinchi qoʻl yoʻq? Markaziy va Janubiy Amerika oʻrmonlarida yashovchi maymunlarning ustunligi nimada? Aslida bu ustunlikmi? Savollarning barchasiga videodan javob olasiz, sizni “dumli” hikoya kutmoqda.

2:14 min
Iqlim oʻzgarishi shunchaki issiq havomi?

Ob-havo isishi deganda faqat quruqlikdagi iqlim oʻzgarishlarini tushunamiz. Ammo suvda ham harorat koʻtarilishi mumkinligi va bu koʻplab muammolarni keltirib chiqarishi haqida oʻylab koʻrmaymiz. Tabiatga nisbatan qilayotgan keskin munosabatlarimizga qaramay nega harorat keskin isib ketmaydi. Ehtimol, bizning bu masʼuliyatsizligimiz jabrini suvda yashovchilar tortayotgandir. Yoki oʻzimizga ham salbiy taʼsirlari bormi? Ana shu savollarning javobini bugungi video orqali bilib olishingiz mumkin.

2:55 min
Nega o‘laksaxo‘r hayvonlar kasal bo‘lmaydi?

Biror jonivor oʻlishi bilan uni oʻlaksaxoʻrlar talay boshlashini bilamiz. Ammo nega hamma hayvonlar ham boshqalari uchun ozuqa boʻla olmasligi, balki ularning hayoti uchun xavf tugʻdirishi haqida-chi? Hayvonot olamida sifat nazorati qanday ishlaydi? Oʻlimdan keyin ham ularning tanasini himoya qilishda qanday vositalar yordam bergan? Qoʻyib turing, biz zaharlanmaslik borasida jonivorlardan oʻrganishimiz kerak boʻlgan narsalar bormi? Savollar juda koʻp, javoblarning barchasi qisqa videoda, tomosha qiling.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!