Havo boʻylab sayohat

atmosferaning

5 qatlami

Yer atmosferasi bu — sayyoramizni oʻrab olgan havo qobigʻi. U azot (78%), kislorod (21%), argon (0,93%), karbonat angidrid (0,03%) va boshqa gazlar aralashmasidan iborat. Tortishish kuchi atmosferani Yer atrofida tutib turadi va Yer yuzasidan yuzlab kilometrlargacha yuqoriga choʻzilgan boʻladi.

meteor

*atmosfera — meteoritlarga

qarshi qalqonimiz

Atmosfera

nega kerak?

Atmosfera soʻzi qadimgi yunon tilidagi ἀτμός (atmos) — “bugʻ” va σφαῖρα (sfaera) — “shar”, “sfera” soʻzlaridan olingan boʻlib, “bugʻli shar” maʼnosini beradi.

Atmosfera bizni oʻta kuchli qizib ketish va muzlab qolishdan himoya qilib turadi. Shuningdek, aynan u orqali koʻplab meteoritlar sayyoramizni chetlab oʻtadi. Atmosfera tarkibidagi ozon qatlami Quyoshning zararli ultrabinafsha nurlarini oʻziga singdiradi, kislorod esa inson va hayvonot olami yashashi uchun zarur. Fotosintez jarayoni atmosferadagi karbonat angidrid gazi hisobiga amalga oshadi.

Atmosferaning vertikal tuzilmasiga nazar solsak, undagi harorat va elektr xususiyatlar turlicha ekanini koʻrish mumkin. Shunga koʻra atmosfera quyidagi 5 asosiy qatlamga boʻlinadi: ekzosfera, termosfera, mezosfera, stratosfera va troposfera.

Batafsil

arrow
satellite

*bu yerda sunʼiy

yo‘ldoshlar uchadi

Ekzosfera

Yerdan masofa:

500–1000 km

Harorat:

−150 dan +1000 °C gacha

Ekzosfera soʻzi qadimgi yunon tilidan ἐξω (ekzo) — “tashqi” va σφαῖρα (sfaera) — “shar”, “sfera” maʼnolarini anglatuvchi soʻzlardan kelib chiqqan.

Ekzosfera — atmosferaning dengiz sathidan taxminan 800 km balandlikda boshlanadigan eng yuqori va oxirgi qatlami (bu masofada Toshkentdan Navoiyga borib kelish masofasiga teng). Ekzosfera eng yengil kimyoviy elementlar — vodorod va geliydan tashkil topgan eng siyrak qatlamdir. Azot va kislorod atomlari ham uchrab tursa-da, ultrabinafsha nurlari ularni ionlashtirib yuboradi

Ekzosfera atmosferaning eng katta qatlamidir. Uning chegaralari joylashuv, fasl va quyosh faolligi singari koʻplab omillarga koʻra oʻzgarib turadi. Ekzosferaning yuqori chegarasi Yerdan taxminan 190 000 km balandda. Bu masofa Yerdan Oygacha (!) boʻlgan masofaning taxminan yarmini tashkil qiladi. Ekzosferaning pastki chegarasi ekzobaza yoki termopauza deyiladi. Ekzobaza Yerdan 500–1000 km balandlikda joylashgan.

Batafsil

arrow
lights

*bu yerda qutb

yog‘dusi paydo bo‘ladi

Termosfera

Yerdan masofa:

90–500 km

Harorat:

−500 dan +2000 °C gacha

Termosfera soʻzi qadimgi yunon tilidan θερμός (termos) — “issiq” hamda σφαῖρα (sfaera) — “shar”, “sfera” maʼnolarini anglatuvchi soʻzlardan kelib chiqqan.

Termosfera atmosferaning eng issiq qatlamidir. Undagi havo Quyosh faolligiga qarab 500–2000 °C atrofida boʻladi. Haroratning bu qadar issiq boʻlishiga Quyoshdan kelayotgan ultrabinafsha nurlarining asosan 150–300 km da soʻrilishi sabab boʻladi. Shunga qaramay, issiqlik uzatuvchi gaz molekulalari juda siyrak boʻlgani sababli inson u yerda himoya vositalarisiz muzlab qoladi.

Termosfera qutb yogʻdulari hosil boʻladigan qatlam hisoblanadi. Shuningdek, Xalqaro kosmik stansiya ham aynan shu balandlikda Yer atrofida aylanadi.

Termosferada sayyora yuzasi va kosmik muhit oʻrtasidagi shartli chegara — Karman chizigʻi mavjud boʻlib, Xalqaro aviatsiya federatsiyasining koʻrsatmasiga binoan, u Yerdan taxminan 100 km balandlikda etib belgilangan. Karman chizigʻiga kelib atmosferadagi gaz juda ham siyraklasha boradi. Karman chizigʻi, shuningdek davlatlarning fazodagi chegarasi aniqlanadigan balandlik hamdir.

Batafsil

arrow
stars

*bu yerda meteorlar

yomg‘iri sodir bo‘ladi

Mezosfera

Yerdan masofa:

40–90 km

Harorat:

−80 dan 0 °C gacha

Mezosfera soʻzi qadimgi yunonchadan μεσο (mezo) — “oʻrta” va σφαῖρα (sfaera) — “shar”, “sfera” soʻzlaridan olingan.

Mezosfera 5 ta qatlamning eng oʻrtasida joylashgan. U atmosferaning dengiz sathidan 40–90 km balandlikni oʻz ichiga oladi. Mezosferaning asosiy xususiyatlari quyidagilar:

  • — juda sovuq: mezosferaning pastki chegarasida harorat 0 °C boʻlsa, yuqori chegarasida taxminan −80 °C ni tashkil etadi. Mezosfera boʻylab yuqorilagan sari Quyosh nurlari radiatsiyasi yutilishi kamayib boradi va harorat tushib boraveradi
  • — gaz bosimi oʻta past (Yer sirtidagidan taxminan 10 000 marta past)
  • — koʻtarish kuchi juda past boʻlgani uchun havo massasi harakatlanmaydi.

Batafsil

arrow
aerostat

*bu yerda harbiy

samolyotlar uchadi

Stratosfera

Yerdan masofa:

10–50 km

Harorat:

−56 dan 0 °C gacha

Stratosfera soʻzi qadimgi yunon tilidan olingan boʻlib, στρατό (strato) — “qatlam” va σφαιρα (sfaera) — “shar”, “sfera” soʻzlaridan olingan.

U atmosferaning dengiz sathidan taxminan 10–50 km balandlikda joylashgan qatlamini oʻz ichiga oladi. Stratosferaning quyi chegarasidagi bosim Yer yuzasidagidan taxminan 10 marta, yuqori chegarasidagi bosim esa taxminan 1000 marta past. Stratosferada gaz juda siyrak, namlik deyarli yoʻq, havo zichligi dengiz sathidagidan koʻra 10–1000 marta kichikdir. Qatlamdagi harorat mezosferaga yaqinlashgani sari koʻtarilib boraveradi. Stratosferaning quyi chegarasi — tropopauzada harorat taxminan −56,5 °C boʻlsa, yuqori chegarasi hisoblanmish stratopauzada 0–0,8 °C ni tashkil qiladi.

Stratosferada ozon qatlami ham joylashgan boʻlib, sayyoraga kelayotgan ultrabinafsha nurlarning zararli taʼsiridan Yerni himoya qilib turadi. Ozon qatlami boʻlmaganda Yerda hayot shakllanmagan boʻlardi.

Batafsil

arrow

*bu yerda Everest cho‘qqisi

osmon bilan yuzlashadi

Troposfera

Yerdan masofa:

0–50 km

Harorat:

−50 dan +15 °C gacha

Troposfera — atmosferaning eng quyi va eng koʻp oʻrganilgan qatlami. U Yer sathidan boshlanib, qutb mintaqalarida 8–10 km, ekvatorda esa hatto 16-18 km gacha balandlikni oʻz ichiga oladi.

Troposfera soʻzi qadimgi yunoncha τρόπος (tropos) — “oʻzgarish”, “aralash” hamda σφαῖρα (sfaera) — ”shar”, ”sfera” soʻzlaridan olingan. Troposferada sayyoradagi barcha tirik jonzotlar — odamlar, hayvonlar va oʻsimliklar hayot kechiradi. Bundan tashqari, sayyora iqlimi va ob-havo ham shu qatlamda shakllanadi.

Batafsil

arrow

bu qiziq!

Troposfera, yaʼni bizga tanish osmonimizning turli balandliklarida nimalarni koʻrishimiz mumkin?

Balandlik

5-avlod qiruvchi samolyotlar

10–20 km

20 km
18 km

Harbiy samolyotlar

15–16 km

16 km
14 km

Yoʻlovchi samolyotlar

9–12 km

Yuk tashuvchi samolyotlar

9–12 km

12 km

Afrika kalxati

10–11 km

Togʻ gʻozi

10–11 km

10 km

Everest choʻqqisi (Nepal)

8,8 km

8 km
6 km

Kondor qushi

3–5 km

4 km

Kulrang loyxoʻrak qushi

2–3 km

Sport samolyotlari

~2 km

2 km
1 km

Burj Xalifa binosi (BAA)

828 m

700 m

Merdeka minorasi (Malayziya)

678,9 m

Tokio Skaytri teleminorasi (Yaponiya)

634 m

500 m

Kaliforniyadagi Sekvoya daraxti (AQSH)

116 m

100 m

Atmosfera