Inson miyasi

Inson miyasi haqida qiziqarli faktlar jamlanmasi.

Agarda miya haqida boshqa ma’lumotlarni o‘qimoqchi bo‘lsangiz, quyidagi Miya va yana miya turkumimizni o‘qing yoki boshqa maqolalarimizni ko‘ring.

manba: scienctificamerican.com

 

Miya — odam va hayvonlar nerv sistemasining markaziy boʻlimi, Miya organizmning eng murakkab hayotiy funksiyalari va muhit oʻzaro munosabatlarining boshqarilishini taʼminlaydi. Umurtqasiz hayvonlarda Miya koʻndalang va boʻylama tutashtirgichlar orqali oʻzaro tutashgan nerv hujayralari toʻplami — nerv tugunlari (gangliylar)dan iborat. Halqali chuvalchanglar, tuban mollyuskalar va boʻgʻim-oyoklilarda nerv tugunlari qorin nerv zanjirini hosil qiladi. Bu hayvonlarning koʻpchiligida qorin nerv zanjirining halqum usti va halqum osti nerv tugunlari kuchli rivojlangan boʻlib, bosh miya deyiladi. Miya qattiq, oʻrgimchak uyasisimon va tomirli parda bilan qoplangan. Boʻgʻimoyoklilar va bosh-oyoqli mollyuskalarning halqum usti nerv tugunlari 2—3 boʻlimdan tashkil topgan. Tuban xordali hayvonlar Miyasi naysimon, alohida qismlarga boʻlinmagan. Umurtqali hayvonlar va odam Miyasi bosh hamda orqa miyadgm iborat. Evolyusiya jarayonida bosh Miya oldingi, oʻrta va keyingi yoki rombsimon Miyani, bundan keyingi rivojlanish davomida oldingi Miya oxirgi va oraliq Miyani, rombsimon Miya orqa va uzunchoq miyani hosil qiladi. Bir qancha umurtqalilarda oxirgi miya (Miya katta yarim sharlari) kuchli rivojlanadi. Sut emizuvchilar va odamda organlar faoliyatini boshqaruvchi sifatida Miya katta yarim sharlari poʻstlogʻi shakllanadi. Oxirgi Miyaning ostki yuzasida 2 ta hidlash piyozchasi joylashgan. Oralik, Miyada koʻrish boʻrtiklari va 2 ta oʻsimta: ustki epifiz va pastki gipofiz hosil boʻladi. Oʻrta Miya tuban umurtqalilarda yaxshi rivojlangan. Yuksak umurtqalilarning oʻrta Miyasida koʻrish, eshitish va muvozanat organlari bilan bogʻlangan 4 tepalik shakllanadi. Baliklar, suvda va quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlarda rombsimon Miya miyachadan iborat. Sut emizuvchilarda rombsimon Miyaning pastki qismida Varoli koʻprigi hosil boʻladi. Uzunchoq Miya hamma hayvonlarda bir xilda tuzilgan; orqa Miya uning bevosita davomi hisoblanadi. Umurtqali hayvonlar Miyasi Miya poʻsti bilan qoplangan. Miya poʻstlari oraligʻida orqa Miya suyukligi (likvor) boʻladi. Miya odamda tafakkur organi hisoblanadi;

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!