20.02.2024
Firefly Alpha raketasida joylashgan va uning ilk parvozi paytida fazoga uchuvchi sunʼiy yoʻldoshlarning dastlabki orbitalariga tegishli texnik xususiyatlar ushbu parvozning toʻliq muvaffaqiyatiga shubha tugʻdirdi. Qurilmalar kutilganidan pastroq orbitaga chiqib qolgan va ularning ishlash muddati taxmin qilinganidan kamroq boʻlgan deb xabar beradi Spacenews.com sayti.
Firefly Alpha raketasi Firefly Aerospace xususiy kompaniyasi tomonidan yaratilgan ikki bosqichli, ultrayengil kerosin kislorodli raketadir. Ushbu raketa tashuvchisi kichik sunʼiy yoʻldoshlarni, bir metrik tonnagacha boʻlgan foydali yukni Yerning past orbitasiga yoki 630 kilogrammgacha boʻlgan foydali yukni Quyosh sinxron orbitasiga yetkazishga moʻljallagan arzon vosita sifatida ishlab chiqarilgan.
Raketaning birinchi parvozi oʻtgan yilning kuzida amalga oshirilgan, biroq u dvigatellardan biridagi nosozlik tufayli portlash va foydali yukning yoʻq boʻlishi bilan yakunlangan. Ikkinchi parvoz uch marta qoldirilgan va shu yilning 1-oktabrida boʻlib oʻtgan. Kompaniya ushbu parvoz toʻliq muvaffaqiyatli boʻlganini, beshta piko-sunʼiy yoʻldoshlar va ikkita kubsat yoʻldoshlari 300 kilometr balandlikdagi Yerning past orbitasiga chiqarilganini maʼlum qildi.
Biroq ishga tushirilganidan koʻp oʻtmay, Yerning past orbitalaridagi jismlarni kuzatuvchi va roʻyxatga oluvchi Seradata kompaniyasi Firefly raketasi birinchi parvozining muvaffaqiyatiga shubha qila boshladi. Uning taʼkidlashicha, Alpha vositasida chiqarilgan foydali yuk dastlab 220 kilometr perigey va 275 kilometr apogey balandlikda orbitaga chiqarilgan va sunʼiy yoʻldoshlar atmosferaga avvaldan rejalashtirilganidan tezroq kirib kelgan. Firefly Aerospace ushbu shubhalarni tasdiqlamadi va xabarlarga qaramay, raketadagi bosqichlarning ajralishi bilan bogʻliq muammolar boʻlmaganini va sunʼiy yoʻldoshlar oldindan belgilangan elliptik orbitaga yetkazilganini aytdi. Shuningdek, kompaniya vaziyatni tahlil qilishda davom etishini maʼlum qildi.
Twitter’da ma’lum qilinishicha, Firefly Alpha Flight 2 raketasining foydali yuklari kerakli orbitada emas (ular 300 km yumaloq orbitaga moʻljallangan). Ular tez orada (Yerga) ortga qaytadi. Ehtimol, buni missiyaning muvaffaqiyati deb hisoblamaslik kerak…
Muallif: Aleksandr Voytyuk. Ushbu maqola nplus1.ru saytidagi “Firefly Alpha вывела спутники на слишком низкую орбиту в ходе первого неаварийного запуска” nomli maqolaning tarjimasi.
Muqova surat: Firefly Aerospace
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.