SLS raketasining birinchi parvozi vodorod sizib chiqishi tufayli yana qoldirildi
2 min
30.03.2023
Fizika va astronomiya

SLS oʻta ogʻir raketasini ilk bora “Orion” kosmik kemasi bilan uchirishga boʻlgan ikkinchi urinish yoqilgʻi quyishning asosiy bosqichida vodorod sizib chiqishi bilan bogʻliq muammolar tufayli muvaffaqiyatsizlikka uchradi. NASA veb-saytiga koʻra, parvozning keyingi urinish sanasi hali aniq emas.

Muharrirdan

Yangilik eʼlon qilingandan soʻng NASA endilikda 2022-yil sentabr oyining boshida parvozni amalga oshirishni koʻrib chiqmasligini aytib oʻtdi. Start 19-sentabrdan 4-oktabrgacha amalga oshirilishi mumkin.

Raketa bilan bogʻliq muammolar vodorod raketa bakiga kirib chiquvchi boʻgʻin boʻshligʻida sizish aniqlangan asosiy bosqichni suyuq vodorod bilan toʻldirish boshlanganidan soʻng bilindi. Muhandislar ulagichlar va mustahkamlagichlarni qayta oʻrnatish orqali ikki marta muammoni bartaraf etishgach yana yoqilgʻi quyish boshlandi, ammo uchinchi marta vodorod sizib chiqqanidan keyin startni kechiktirishga qaror qilindi. Suyuq kislorodni toʻldirish bilan bogʻliq boshqa muammolar topilmadi.

“Artemida-1” loyihasi “Artemida” dasturi doirasidagi birinchi parvoz boʻlib, uning maqsadi odamlarni Oyga qaytarish, Oy orbitasida xalqaro boshqariladigan Lunar Gateway stansiyasini va Oyning janubiy qutbi yaqinidagi doimiy tadqiqot bazasini yaratishdir. Birinchi parvoz doirasida “Orion” fazoviy kemasining Oyga borib, orqaga qaytishi, shuningdek, bir nechta biologik tajribalar oʻtkazish va koinotga 10 ta ilmiy kubsat sunʼiy yoʻldoshlarini uchirish rejalashtirilgan.


Muallif: Aleksandr Voytyuk. Ushbu maqola nplus1.ru saytidagi “Первый пуск ракеты SLS вновь перенесли из-за утечки водорода” nomli maqolaning tarjimasi.
Muqova surat: NASA

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!