Astronomlar tarixdagi eng yorqin gamma-nur chaqnashlardan birini qayd etdi: chaqnash hatto Yer atmosferasiga ham ta’sir qilgan
Oʻrta
3 min
01.04.2023
Fizika va astronomiya

Astronomlar GRB 221009A tegishli gamma-nurining chaqnashini kuzatishga muvaffaq boʻldi. Bu butun kuzatuvlar tarixidagi eng yorqin voqealardan biriga aylandi. Taxminlarga koʻra, chaqnash kuzatiladigan koinotdagi yirik yulduzning qora tuynukka qulashi natijasida paydo boʻlgan va bu Yer ionosferasiga vaqtincha taʼsir koʻrsatishga qodir boʻldi deyiladi NASA veb-sahifasida. 

Gamma-nurlarining portlashi koinotdagi eng qudratli hodisalardan biri boʻlib, ularning davomiyligi uzoq (ikki soniyadan koʻproq) va qisqa boʻladi. Chaqnashlar oʻz hayotining oxirida katta yulduzning qora tuynukka qulashi yoki neytron yulduzlar kabi ixcham jismlarning birlashishi natijasida paydo boʻladi. Gamma-nurlari portlashini oʻrganish oʻn yildan ortiq davom etayotganiga qaramay, olimlarda hali ham uning paydo boʻlish mexanizmlari boʻyicha koʻplab savollar javobsiz qolmoqda.

Fermi teleskopi yordamida kuzatilgan Somon yoʻli galaktikasi fonidagi chaqnash. Kuzatuvlar oʻn soat davomida olib borilgan / NASA/DOE/ Fermi LAT hamkorligi

GRB 221009A portlashi 2022-yil 9-oktabrda “Oʻqotar yulduz” turkumida fazoviy rentgen va gamma teleskoplari, jumladan, XKSʼdagi MAXI monitori, soʻngra kuzatuvlarga jalb qilingan yerdagi teleskoplar yordamida qayd etilgan. Ushbu chaqnash uzoq chaqnash kategoriyasiga kiritildi. Uning chaqnashdan keyingi yorugʻligini oʻn soat davomida kuzatib turish mumkin boʻldi. Chaqnash manbasining oʻlchangan qizil diapazoni z=0,15 ga teng boʻlgan. Bu nurlanish Yerga 1,9 milliard yil davomida sayohat qilgani va chaqnash manbasi koinotda joylashganidan darak beradi.

Swift teleskopi maʼlumotlariga koʻra, GRB 221009Aʼning chaqnashdan keyingi oʻn soatlik kuzatuvlar davomidagi nur taratishi surati / NASA / Swift / B. Senko

GRB 221009A kuzatuvlar tarixidagi eng yorqin gamma chaqnashlaridan biri boʻldi. Bu uzun toʻlqinli radioaloqalarga taʼsir koʻrsatishga sabab boʻlgan Yer ionosferasining gʻayrioddiy vaqtinchalik buzilishiga olib keldi. Bundan tashqari, Xitoyga tegishli yer-suv gamma-nurlarini kuzatuvchi teleskopi LHAASO portlash boshlanganidan keyin birinchi soatda 18 teraelektronvoltgacha quvvatga ega fotonlarni aniqladi va Baksan neytrin observatoriyasining “Kover-2” uskunasi portlash boshlanganidan bir soat oʻtgach, taxminan 250 teraelektronvolt quvvatga ega gamma-nurli fotonni qayd etishga muvaffaq boʻldi.


Muallif: Aleksandr Voytyuk. Ushbu maqola nplus1.ru saytidagi “Астрономы поймали один из самых ярких гамма-всплесков в истории” nomli maqolaning tarjimasi.
Muqova surat: GRB 221009Aʼning chaqnashdan bir soat oʻtgach chaqnash manzarasi. Halqalar rentgen nurlarining galaktik chang bilan tarqalishi natijasi hisoblanadi / NASA / Swift / Artur Beardmor

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Top maqolalar

Barchasi
Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!