“Nega faqat biz?” kitobi va tildagi paradokslar haqida
Oʻrta
6 min
19.04.2023
Tilshunoslik va filologiya

Amerikalik tilshunos Noam Xomskiyning yangi kitobida tilning paydo bo‘lishi haqida muhim va shubhali fikrlar keltirilgan.

1873-yil Parij tilshunoslik jamiyati tashkil etilganda jamiyat konstitutsiyasida tilning evolyutsion kelib chiqishi haqida fikrlash taqiqlangan edi. Bir necha yillardan so‘ng London filologiya jamiyati ham ushbu fikrni yoqladi.

Ammo so‘nggi bir necha o‘n yilliklarda vaziyat o‘zgardi va bunga asosli sabablar mavjud. Arxeologiya, kognitiv fan, primatlarning xatti-harakatlari, qadimgi DNK bilan tanishish hamda tillar evolyutsiyasining komyuter simulyatsiyasi endi taxmin qilishdan ko‘ra ko‘proq narsa qilishimizni anglatar edi.

Hozir so‘z boradigan jarayon ustida tilshunos Noam Xomskiy hamda kompyutershunos Robert Bervik hamkorlikda ishladi. “Nega faqat biz?” kitobi orqali ular til qanday paydo bo‘lgani haqidagi savolga aniq javob bergan. Ba’zida hanuzgacha ular taxminlardan foydalangandek tuyiladi.

Xomskiy ushbu universal grammatik taklifning soddalashtirilgan varianti ustida ishlamoqda. Ilk zamonaviy insonlar rivojlangan tilda muloqot qilishi uchun genetik evolyutsiya imkoni boricha sodda bo‘lishi kerak edi. Bu narsa uni 90-yillarning boshida “Merj” deb nomlangan oddiy grammatik operatsiyalarni bajara oladigan hamda so‘zlarni birlashtirishga imkon beradigan versiyaga olib keldi.


“Til muloqotni faollashtirish uchun rivojlanmagani haqidagi xulosa juda shubhali”.

“Nega faqat biz?” kitobida Xomskiy va Bervik ta’kidlashicha, aynan mana shu universal grammatikaning qisqartirilgan versiyasi taxminan 40 000 yil avval, yuqori paleolit ​​davrida qadimgi odamlarga tilsiz mavjudotlardan so‘zlay oladigan mavjudotlarga aylanishning evolyutsion rivojlanish imkonini bergan bo‘lardi. Bu, o‘z navbatida, o‘sha davrning g‘or san’ati, zargarlik buyumlari va dafn marosimlarida boy madaniy burilishga olib kelishi mumkin edi.

Ularning fikrlari quyidagicha, ya’ni insoniyatning grammatikani bilish qobiliyati genetik jihatdan “dasturlashtirilgan” va insondan boshqa turlarda til yo‘qligi tufayli bu til tasodifiy mutatsiya natijasida to‘satdan paydo bo‘lgan. Mualliflar buni evolyutsiyaning “irsiyat nigohi” deb emas, balki “o‘yinchining qarashi” deb nomlaydi. Ehtimol, 80 000 yil oldin zamonaviy odamlar Afrikadan boshqa hududlarga tarqalishi bilan til to‘satdan paydo bo‘lgandir…

Ammo bunga ishonch hosil qilish uchun kitobxon munozarali bo‘lgan bir qancha dalillarni suv qilib ichib yuborishi kerak. Yana bir narsa, mualliflar inson tilining Xomskiy modeli, ya’ni oddiy odam grammatikasining asoslari (yoki sintaksisi) ni tug‘ma grammatik bilimsiz o‘zlashtirib bo‘lmaydi, degan da’vodan kelib chiqib taxmin qiladi. 

Rivojlantiruvchi va kognitiv muammolar bilan shug‘ullanuvchi psixologlar hozirda konseptual va lingvistik o‘rganish usullari haqida aniq tasavvurga ega. Inson bolasi tilni o‘rganishga imkon beruvchi boshlang‘ich o‘rganish mexanizmlari va qobiliyatlariga ega. Bir to‘xtamga kelingan fikr shundan iboratki, til o‘rganish uchun tug‘ma grammatik namuna shart emas.

Ikkinchidan, mualliflar tilning evolyutsion trayektoriyasi haqida shubhali fikr qiladi va o‘quvchini Darvin nazariyasini tilga tatbiq etib bo‘lmasligiga ishontirishga harakat qiladi. Gap shundaki, boshqa hech bir turning tili yo‘q va barcha turlarning kognitiv qobiliyati gapirish yoki til o‘rganish uchun mo‘ljallanmagan.

Xulosa o‘rnida aytish kerakki, til faqat odamga xos hamda u juda tez va uzluksiz rivojlangan. Bu esa taxminan 200 000 yoshdan katta Homo sapiens odam turini boshi berk ko‘chaga eltadi. Zamonaviy odamlar turning 2,8 million yillik evolyutsion trayektoriyasidan izolyatsiya qilingan evolyutsion qiziqish obyektiga aylanmoqda. Shuningdek, u ilmiy-tadqiqot adabiyotining yuqori darajada tanlab olingan taqdimoti sanalmoqda.

Garchi Bervik va Xomskiy inkor etsa ham, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, taxminan 30 000 yil oldin qirilib ketgan neandertallar bilan bizning kognitiv qobiliyatlarimiz qaysidir darajada bir-biriga o‘xshaydi. Yaqinda topilgan arxeologik topilmalar ularning tosh davri odamlariga yaqin moddiy madaniyatga ega ekanini ko‘rsatmoqda. Ehtimol, ulardagi anatomiya, tovush imkoniyati va kognitiv aql tilni yaratishga imkon bergandir.

Bundan tashqari, neandertal va odamlar o‘rtasida chatishganlikning aniq dalillari mavjud. Har ikkala tur ham tilga ega bo‘lishi kutilgan. Bu og‘zaki tilning kelib chiqishini ancha oldinroqqa, taxminan yarim million yil oldinga suradi.

Shuningdek, primatologiya va hayvonlarning xatti-harakatlari bo‘yicha tadqiqotlar tilning ibtidoiy ko‘rinishi boshqa turlarda ham mavjudligini ko‘rsatadi. Darhaqiqat, imo-ishora ota-bobolarimiz til qobiliyatini to‘liq rivojlantirmagunga qadar muloqot vositasi bo‘lgan.

Til evolyutsiyasiga ta’sir qilgan fikrga Berik va Xomskiy nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda, kengroq qarash tavsiya etiladi. Chunki muqobil fikrga ko‘ra, til evolyutsiyasi qadimgi ikki oyoqda yuruvchi, go‘shtxo‘r odamlar o‘rtasidagi kognitiv strategiyaning o‘zgarishidan yuzaga kelgan.

Ushbu yangi biomadaniy makon ibtidoiy odamlar orasida yanada ko‘proq hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun boshqa bir kognitiv strategiyani talab qilar edi. Boshqa odamsimon maymunlarning oddiy ijtimoiy-munosabati orqali ilk odamlarda ham hamkorlik qilish instinkti paydo bo‘lganga o‘xshaydi. Bu tilning eng mukammal namunasi bo‘lgan, murakkab kommunikatsion tizimlar kelib chiqishiga olib kelgan.

Oxir-oqibat, “Nega faqat biz?” — qiziqishga o‘xshagan narsa. Agar Xomskiyning universal grammatikaga oid taklifi to‘g‘ri bo‘lsa, til evolyutsiyasi nimani anglatishi haqida fikr so‘raladi. Javob shunday: til mutatsiya sifatida qaralganda aholida ilgari mavjud bo‘lgan makromutatsiya shakllari diapozonidan kengroq fenotip natijasidir. Bu fikr boshqa ilmiy qarorlarga qarshi chiqadi. Kitobda til evolyutsiyasi to‘g‘risida deyarli hamma fikrlarga qarshi chiqish holati bor. Darvin taklif qilgan tilning bosqichma-bosqich evolyutsion o‘zgarishlar natijasida paydo bo‘lgani haqidagi fikr munozarali.


“Imo-ishoralar odamlar gapirish qobiliyatini to‘liq rivojlantirmagunga qadar til vazifasini bajargan bo‘lishi mumkin”.

Til tasodifiy mutatsiya sifatida rivojlangan bo‘lsa, u holda, birinchi navbatda, u bitta shaxsda paydo bo‘lgan. Agar gaplashadigan boshqa odam bo‘lmasa, kommunikativ vosita sifatida tilning ahamiyati nimada? Demak, tilning evolyutsion afzalligi paydo bo‘lgandan keyin unga yana bir narsa kerak edi. Bu — fikrlash, tafakkur qilish.

Lekin bu xulosa dargumon. Dunyodagi 7000 ga yaqin tilning tuzilishi va tashkil etilishi shuni ko‘rsatadiki, uning asosiy vazifasi, shaxslar o‘rtasidagi muloqotdir. Til shaxslararo o‘zaro muloqot qilish uchun rivojlanmagan, degan taxminning o‘zi g‘alati.

Nihoyat, o‘quvchini bir paradoks kutmoqda: Xomskiy tomonidan keltirilgan minimalistik universal grammatika nazariyasining o‘zi Bervik va Xomskiy taqdim etmoqchi bo‘lgan til haqidagi fikrlarni shubha ostiga qo‘yadi.


Muqova surat: freepik.com

Manbalar: 
newscientist.com/article/2078294-why-only-us-the-language-paradox
mitpress.mit.edu/9780262533492/why-only-us
academic.oup.com/book/30418

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Top maqolalar

Barchasi
Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!