Orbitadagi Starlink sun’iy yo‘ldoshlari soni 5000 dan oshdi
2 min
28.08.2023
Fizika va astronomiya

Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi kuni kecha yana 22 ta Starlink sun’iy yo‘ldoshini uchirdi. Shunday qilib, orbitada ushbu internet sun’iy yo’ldoshlarining umumiy soni 5 000 dan oshdi.

SpaceX (to‘liq nomi — Space Exploration Technologies Corporation) — kosmik texnika ishlab chiqaruvchi AQSh xususiy kompaniyasi. 2002-yilda tadbirkor Ilon Mask tomonidan asos solingan.

Bortida 22 ta Starlink yoʻldoshi boʻlgan Falcon 9 raketasi Florida shtati Kanaveral burnidagi AQSh kosmik kuchlari bazasidagi 40-uzatish majmuasidan uchdi. 

Falcon 9 raketasining uchirilishi, 26-avgust, 2023 / spacex.com

Raketaning uchishini taʼminlaydigan alohida qismi ajratilgandan soʻng, uning qayta foydalanadigan birinchi qismi Atlantika okeanidagi “Just Read the Instructions” (tarjimasi “Shunchaki qoʻllanmani oʻqing”) dengiz dron-platformasiga boshqariladigan vertikal qo’nishni amalga oshirdi. 

→ SpaceX’ning Starship kosmik kemasi havoda portlab ketdi

Space.com ixtisoslashgan onlayn nashri joriy missiyani SpaceX uchun muhim voqea deb taʼkidladi. Sun’iy yo‘ldoshlarning uchirilishini kuzatuvchi Garvard-Smitson astrofizika markazi astrofizigi Jonatan Makdauellning hisob-kitoblariga ko‘ra, orbitaga chiqarilgan Starlink sun’iy yo‘ldoshlarining umumiy soni 5 000 dan oshdi.


Muqova surat: devdiscourse.com

Manbalar:
space.com/spacex-starlink-launch-group-6-11
planet4589.org/space/con/star/stats.html

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!