2-qism. Yurakdan (bee’tibor) suhbat: nega shifokorlar va bemorlar bir-birini tinglashi qiyin?
Tibbiy suhbat, shifokor va bemor suhbati, davolashda, davolanishda muloqotning ahamiyati va muloqot madaniyati haqida tanishib chiqing.
Oʻrta
5 min
24.10.2023
Biologiya va tibbiyot

Maqolaning 1-qismini bu yerda o‘qing → sinaps.uz/maqola/24168


Yaxshi tinglovchi

Nevrologlar va kardiologlar, shuningdek, surunkali stress bilan kasallangan bemorlar bilan tez-tez ishlashga toʻgʻri keladigan va shunga mos ravishda muloqotning ahamiyati muhim boʻlgan soha mutaxassislari “muloqot” koʻnikmalariga sarmoya kiritish tibbiy taʼlimdagi koʻnikmalarga ancha katta taʼsir koʻrsatgan boʻlar edi deb koʻp gapirishadi. Axir dori qanchalik yaxshi boʻlmasin, agar odam uni qabul qilishni xohlamasa, foydasiz. Biroq Rossiyada shifokorning bemor bilan muloqot qilish koʻnikmalari, baʼzi istisnolarni hisobga olmaganda, haligacha maxsus tarzda oʻrgatilmaydi.

Agar tibbiyotda “muloqot” koʻnikmalari muhim deb qabul qilinganda, tibbiyotning sotsiologiyaga yoki gender tadqiqotlariga kirib kelish imkoniyati faqat individual mutaxassislar ixtiyorida qoladi. Bunday bilimlar, masalan, shifokorga bemorning ovqatlanish odatlari va jinsiy xulq-atvori haqida koʻp narsalarni aytib berishi mumkin va bu uning yurak-qon tomir kasalliklari bilan bogʻliq odatlari bilan ishlashga boʻlgan yondashuvni toʻgʻrilash ehtimolini oshiradi.

Nihoyat, shifokorlar bemorning tibbiy koʻrikdan oʻtishi odatiy voqea emas, balki muassasa sifatida tibbiyotga uzoq muddatli ishonchni aniqlay oladigan voqea ekanini tushunib yetishlari kerak. Bunda har bir tafsilot ahamiyatlidir. Bemorning dardi stress, uning oʻziga xos muhim tarixi bor. Lekin u shifoxonaga kelishi bilan noqulay kursiga oʻtiradi, ortida javoblarni eshitmayotgandek gʻoʻldiragancha tushunarsiz savollarni berayotgan charchagan shifokorni koʻradi.

Markazdagi omfalosda yunonlarning tibbiyot ilohi — Asklepiy tasvirlangan miloddan avvalgi 400-yilga tegishli antik davr barelyefi / Akropol muzeyi / nplus1.ru

Bemorlar, shifokorlar va muassasalar nima qilishlari mumkin?

Shifokorlar uchun keng koʻlamli ruhiy koʻmak

Rossiyada ruhiy koʻmak berish madaniyati yaxshi rivojlanmagan. Mamlakatimizda shifokorlar kasbiy charchashining aniq foizi nomaʼlum, ammo bu ommaviy hodisa ekaniga shubha yoʻq.

Tibbiyot mutaxassislarining katta qismi faoliyatining birinchi yillaridayoq “charchab boʻlishadi” va koʻplab iqtidorli mutaxassislar oʻqish paytidayoq “yonib ketishadi”. Bu jarayonni “eng kuchlining omon qolish tamoyili” deb atash mumkin. Ammo tibbiyot odamlarga yordam bera oladigan yuqori malakali mutaxassislarni doimiy ravishda yoʻqotib borayotgan hozirgi davrda bunday tamoyilning boʻlishi yaxshilikka olib kelmaydi.

Ideal ijtimoiy masʼuliyatli subyekt sifatidagi shifokor imiji vaziyatni yanada ogʻirlashtiradi. Tushunish va hamdardlik oʻrniga shifokorlarni “umid” va “talab” kutib oladi.


Barcha uchun muloqot madaniyati

Muloqot, argumentatsiya va psixologiya sohasidagi asosiy bilimlarni yosh shifokorlarga universitetning birinchi kursidayoq oʻrgatish kerak. Biroq taʼlimni instrumentallashtirish va boshlangʻich bosqichning haddan tashqari yuklanishi bunga toʻsqinlik qiladi. Bundan tashqari, koʻpincha chet elda mustaqil va professional vazifalarni bajaradigan, jumladan, ekzistensial va psixologik muammolarni hal qiladigan hamshiralar uchun ham mana shunday bilim yetishmaydi. Muloqot madaniyati malakali shifokor ishining samaradorligini oshirishga yordam beradigan qimmatli va zarur sarmoyadir.


Odamlar uchun maʼlumotlarning ochiqligi

Baʼzi narsalarning sogʻliqqa zarari va foydasi haqida vizual va interaktiv tarzda maʼlumot beradigan manbalar tibbiyot sohasidagi jamoaviy bilimning muhim qismidir.

Hech kimga sir emaski, hamma ham xalqaro ilmiy maʼlumotlardan foydalanish imkoniyatiga ega emas. Chunki ular koʻpincha ilmiy jurnallarda nashr etiladi. Maʼlumotlarni faqat obuna orqali olish mumkin. Bunga maʼlum bir tilni bilmaslik ham qisman toʻsiq boʻladi. PMI Science loyihalari, shuningdek, oʻzlarining va mustaqil tadqiqotlarni toʻplaydi hamda sogʻliqni saqlash mutaxassislari, olimlar va chekish boʻyicha tadqiqotlarga qiziqqan keng jamoatchilik uchun maʼlumotni yanada qulayroq qilish uchun eng muhim axborotlarni umumlashtiradi.

Yelena Volkova, Rossiyadagi PMI tadqiqot menejeri

PMI Science tadqiqot bazasi bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin


Bemorlarning oʻziga boʻlgan masʼuliyatli yondashuvi

Shu bilan birga, shifokorlarni koʻp bezovta qiladigan narsa qimmatli vaqtning koʻpincha hamma bilishi kerak boʻlgan bilimlarni tushuntirishga sarflanishidir. Majmuaviy hayot xavfsizligi asoslari, biologiya va boshqa maktabda oʻrganiladigan fanlar ushbu bilimlarni beradi. Bizning vazifamiz ularni eʼtiborsiz qoldirmaslik.

Shifokor va bemor oʻrtasidagi muloqotda koʻplab muammolar bor. Muammolar qatorida fikrlashdagi farqlar, kognitiv buzilishlar, bemorlarning tibbiyotni yaxshi bilmasligi hamda shifokor va bemor oʻrtasidagi yaxshi muloqot koʻnikmalari yoʻqligini sanab oʻtish mumkin. Biroq umumiy tadqiqot natijalari bizga muloqot haqiqatan ham bemorni qutqarishi mumkinligi haqida maʼlumot beradi. Ikki tomon bir-birini tushunishi uchun bir nechta oddiy narsalarni eslab qolish kifoya. Iloji boʻlsa, yomon odatlar va stress bilan bogʻliq yuqumli boʻlmagan kasalliklarning oldini olish kerak va bu yerda shifokorning soʻzi va oʻzini tutishi haqiqatan ham katta kuchga ega boʻlishi mumkin.

Ushbu maqola reklama emas va tamaki mahsulotlarining ehtimoliy isteʼmolchilarini tamaki chekishning zarari toʻgʻrisida ogohlantirish, aholini tamaki isteʼmolining zarari va tamaki tutunining boshqalarga yomon taʼsiri toʻgʻrisida xabardor qilish kabi ijtimoiy ahamiyatga ega maqsadlarni koʻzlaydi.


Muallif: Grigoriy Chasovskix, Alisa Gorbunova. Ushbu maqola nplus1.ru saytidagi “Разговор (не) по душам. Почему врачам и пациентам непросто услышать друг друга” nomli maqolaning tarjimasi.
Muqova surat: freepik.com

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!