20.02.2024
Uran qanday qilib yadroviy reaktorlar uchun yoqilg‘i bo‘ladi?
Tanishing, bu — Maykl — kelajak geymeri. Kanadalik tadqiqotchilar Maykl (Michael) ismli videooʻyinlarni sevuvchi geymerni loyihalashtirdi: u bukri va rangi oqarib ketgan. LADbible saytiga koʻra, bu grotesk model videooʻyinlar keragidan koʻp oʻynash odamlar koʻrinishiga qanday taʼsir oʻtkazishini tasvirlaydi.
Kanadalik olimlar tadqiqot oʻtkazdi va ishtiyoqli geymerlar oʻz odatlari va turmush tarzini oʻzgartirmasa, 20 yildan keyin qanday koʻrinishga kelib qolishini bashorat qildi. Mayklni loyihalash uchun tadqiqotchilar Kanada Milliy sogʻliqni saqlash xizmati, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti va britaniyalik interaktiv koʻngilochar kompaniyalarning geymer turmush tarzining uning sogʻligʻiga taʼsiri haqidagi hisobotlarini koʻrib chiqdi. Ushbu maʼlumotga tayangan holda jamoa animator va rassomlar bilan ishladi.

Xoʻsh, bizda nimalar bor? Notoʻgʻri ovqatlanish (oʻz vaqtida ovqatlanmaslik) va quyosh nurining yetishmasligi D va B-12 vitaminlari yetishmasligiga olib kelgan, natijada Mayklning terisi oqarib ketgan. Maykl oʻyin oʻynaganda toʻgʻri oʻtirmagani tufayli beli bukilgan, bosh suyagi esa doimo quloqchin taqib yurgani sababli qiyshayib qolgan. Shuningdek, Maykl tez-tez stress holatiga tushishi tufayli (oʻyin oʻynaganda asabiylashish — tabiiy hol), u ekzema kasalligiga chalingan. Koʻzlar ekrandan deyarli uzilmagani va surunkali uyqusizlik tufayli modelning koʻzlari qizarib ketgan, ular ostida “xaltachalar” paydo boʻlgan.

Oyoqlar qonning yomon aylanishi va uzoq vaqt bir joyda oʻtirish sababli ishib ketgan. Qoʻllar esa sichqoncha va klaviaturani ushlayvergandan qadoq bosib ketgan. Qiyshaygan “Playstation-barmoq”ni ham koʻrishimiz mumkin — geympad(joystikni) sevuvchilarga alangali salom. Ha, aytgancha, qorin chiqqaniga oʻzingiz ham allaqachon eʼtibor berib boʻldingiz.
Tadqiqotchilar jonkuyar geymerlarga oʻz sogʻliklarini buzmaslikka yordam beruvchi 5 ta maslahat bilan ham oʻrtoqlashishdi va ularning barchasi juda oddiy:
Eslatma: videooʻyinlarga qaramlik Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan rasmiy psixologik kasallik sifatida tasniflanadi.
Manbalar: techinsider.ru, ladbible.com, who.int
Muqova surat: techinsider.ru
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.