Kuznets egri chizigʻi
3 min
17.08.2022
Matematika

Saymon Smit Kuznets (1901-yil 30-aprel, Belarus — 1985-yil, 8-iyul, AQSh).

Kuznets egri chizigʻi — iqtisodiy rivojlanishning dastlabki bosqichlarida turgan mamlakatlarda daromadlar tengsizligi avval oʻsib, keyinchalik, davlat iqtisodi rivojlanishi bilan, tushishi haqidagi gipoteza. Ushbu gipoteza birinchi boʻlib 1954-yil 29-dekabrda amerikalik iqtisodchi Saymon Kuznets (yuqorida uning suratini koʻrishingiz mumkin) tomonidan keltirilgan va teskari U harfiga oʻxshash egri chiziq shaklida keltirilgan.


Grafik

Teskari U-shaklli Kuznets egri chizigʻi Kuznets gipotezasining asosiy elementlarini, yaʼni gorizontal X oʻqi boʻyicha iqtisodiy tengsizlikni va vertikal Y oʻqi boʻyicha aholi jon boshiga tushadigan daromadni koʻrsatadi. 

ru.wikipedia.org

Kuznets koeffitsiyenti

Kuznets koeffitsiyenti — eng boy uy xoʻjaliklariga (odatda yuqori qatlam aholining 20 foizi olinadi) kiradigan daromadlarning eng kambagʻal uy xoʻjaliklariga (odatda quyi qatlam aholining 20 foizi olinadi) kiradigan daromadlarga nisbati. 20 foiz 20 foizga bir meʼyorda toʻliq taqqoslanadi va 1 ga tenglashtiriladi.


Kuznets gipotezasi

Ushbu gipoteza iqtisodiyotning dastlabki rivojlanishida sarmoya kiritish uchun allaqachon kapitalga (pul) ega boʻlganlar uchun yangi sarmoyaviy imkoniyatlar koʻpayishini anglatadi. Ushbu yangi investitsiya imkoniyatlari boylikka ega boʻlganlar ushbu boylikni yanayam koʻpaytirish imkoniyatiga ega ekanligini koʻrsatadi. Aksincha, shaharlarga arzon ishchi kuchining kirib kelishi raqobatni kuchaytiradi va ishchilarning maoshlarini pasaytiradi, shu bilan birgalikda daromadlar tafovutini va iqtisodiy tengsizlikni kuchaytiradi.

Kuznets egri chizigʻi shuni anglatadiki, jamiyat rivojlanayotgan bir paytda iqtisodiyot markazi qishloqlardan shaharlarga koʻchadi, chunki qishloq ishchilari, masalan fermerlar, yaxshi maoshli ish qidirib shaharlarga koʻchib oʻtishni boshlaydilar. Biroq, bu migratsiya qishloq va shaharlarda daromadlarning katta tafovutiga olib keladi va shahar aholisining koʻpayishi sababli qishloq aholisi kamayadi. Kuznets gipotezasiga koʻra, oʻrtacha daromadning maʼlum bir darajasiga erishilganda, demokratlashtirish va farovonlikni rivojlantirish kabi sanoatlashtirish bilan bogʻliq boʻlgan jarayonlar davom etganda, iqtisodiy tengsizlik pasayishi mumkin. Iqtisodiy rivojlanishning ayni shu davrida jamiyat iqtisodiy inqirozni kamaytirishga va aholi jon boshiga daromadlarning koʻpayishidan foyda koʻrishni maqsad qiladi.


Ekologik siyosatda qoʻllanishi

1991-yil prinstonlik (Prinston — Nyu-Jersi shtatidagi shahar, AQSh) iqtisodchilar Jin Grossman va Alan Kryugerlarning izlanishlaridan soʻng, Kuznets egri chizigʻini ekologik siyosatda ham ishlata boshlashdi.

ru.wikipedia.org

Dastlabki bosqichda ichki milliy mahsulotning rivojlanishi bilan mamlakatda atrof-muhit holati tezda yomonlashadi, ammo uzoq vaqtga emas. Aholining daromadi oʻsishi bilan, xavfsiz va farovon muhitga boʻlgan talab ortib boradi, koʻproq odam xavfsiz joyda va toza havodan nafas olib yashashni xohlay boshlaydi. Atrof-muhitni toza tuzishga ham koʻproq eʼtibor qaratila va koʻproq pul sarflana boshlaydi.


Muqova surat: wikipedia.org

Manbalar:
→ investopedia.com/terms/s/simon-kuznets.asp
sciencedirect.com/topics/earth-and-planetary-sciences/environmental-kuznets-curve
→ ru.wikipedia.org/wiki/liniya-kuznetsa

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!