
- Asosiy sahifa
- Maqolalar
- Sayyorashunoslar Yupiterdagi bulutlarning 3D modelini yaratishdi
Sayyorashunoslar “Yunona” avtomatik stansiyasidan olingan suratlar asosida yaratilgan Yupiter yuqori bulut qatlamlarining balandlik taqsimoti boʻyicha uch oʻlchovli modelni taqdim etishdi. Model bulutlarning yorqinligi balandlikka bogʻliqligiga asoslangan va ularning kimyoviy tarkibini yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Maʼruza matni bilan EPSC-2022 ilmiy konferensiyasi veb-saytida tanishishingiz mumkin.
“Yunona” stansiyasi 2016-yildan beri Yupiterni tadqiq qilib keladi va gaz gigantiga vaqti-vaqti bilan yaqin parvozlarni amalga oshirdi. Stansiya Yupiter tarkibi va atmosferasini oʻrganish bilan shugʻullanadi, uning girdoblari, bulutlari, sayyoraning ichki tuzilishi va magnitosferasini oʻrganadi. Uning yordamida Yupiter atmosferasida chaqnashlarni aniqlashdek koʻplab kashfiyotlar qilingan.
2022-yil 5-iyulda “Yunona”ning Yupiterga 43-yaqin parvozi paytida NASA reaktiv harakat laboratoriyasi olimi va matematik Jerald Eyxshtedt, Glenn Orton hamda AQSh Sayyoralar instituti xodimi Kendis Xansen Koxarchek JunoCam bort kamerasi yordamida olingan tasvirlar asosida yuza bulutlarning 3D modellashtirish natijalarini taqdim etdi.
Suratga tushirish paytida qurilmadan bulutlarning yuqori chetiga qadar boʻlgan masofa 3,6 dan 274 ming kilometrgacha oʻzgargan.
Tadqiqotchilar metan filtri yordamida sayyoradan taxminan 13 ming kilometr masofadan olingan suratlardan foydalangan. Balandroqda joylashgan yorqinroq bulut qatlamlari yorugʻlikni yaxshi yutuvchi va taratuvchi quyuqroq bulut qatlamlariga qaraganda Quyosh tomonidan yaxshiroq yoritiladi degan fikr model asosi edi.
“Yunona” sayyoraga nisbatan qiya yoʻnalishda harakatlanayotganini va bir xil bulutlarni turli burchaklardan kuzatishga ulgurayotganini hisobga olsak, bulut qatlamlarining balandlikdagi farqini taxmin qilish mumkin.
Kelajakda olimlar Yupiter atmosferasining turli hududlaridagi bulutlarning yuqori qatlamlari taqsimotini fizik modellarga aylantirish usullarini takomillashtirish niyatida. Bunda ularga “Yunona” kuzatuv maʼlumotlari yordam beradi. Bu bulutlar kimyoviy tarkibining nazariy uch oʻlchovli modellarini takomillashtirishga imkon beradi.
Muallif: Aleksandr Voytyuk. Ushbu maqola nplus1.ru saytidagi “Планетологи создали трехмерную модель высотных облаков на Юпитере” nomli maqolaning tarjimasi.
Muqova surat: NASA / JPL-Caltech, SwRI, MSSS, R. Gerald

Quyoshsimon yulduzlar nozik tuzilmani yaxshiroq tushunishga yordam berdi

“Xabbl” yangi yulduz chaqnashidagi yorug‘lik aks-sadosi dinamikasini kuzatdi

“Xabbl” Subyer atmosferasini izladi. U bulutsiz yoki yuqori...

Solar Orbiter Quyosh toji dinamikasini rekord darajada batafsil...

Marsda katta meteorit zarbalari bilan bog‘liq ikkita kuchli...

“Yunona” stansiyasi Yupiterning Yevropa yo‘ldoshi yaqinida plazma to‘lqinlari...
