20.02.2024
Gaia kosmik teleskopi va Yerdagi teleskoplardan foydalangan astronomlar keng ikkilik tizimda faol boʻlmagan yulduz ogʻirligidagi qora tuynukda yangi nomzodni topishga muvaffaq boʻldi. Uning hamrohi Quyoshga oʻxshaydigan yagona yulduzdir. Maʼlumotlar arXiv.org vebsaytida.
Yulduz massasidagi qora tuynuklar bir necha oʻnlab Quyosh hajmigacha boʻlgan ogʻirliklar bilan tavsiflanadi va juda ulkan yulduzlar hayotining soʻnggi kunlarini ifodalaydi. Taxminlarga koʻra, Somon yoʻlida 108 ga yaqin shunday qora tuynuk bor boʻlib, ularning baʼzilari ikkilik tizimi tarkibiga kiritiladi. Koʻpincha olimlar yulduz massali qora tuynuklarni zich rentgenli ikkilik tizimlaridan qidirib topadi. Bu yerdagi ixcham obyekt hamrohi boʻlgan yulduz materiyasini faol ravishda oʻziga tortadi. Ammo ikkilik tizimlar rivojlanishi modellari koʻplab qora tuynuklar yulduzdan kichik obyektga sezilarli taʼsir oʻtkazmaydigan, keng ikkilik tizimlarning bir qismi boʻlishi mumkinligi taxmin qilinadi. Bu ularni rentgen diapazonida qidirib topishni qiyinlashtiradi, biroq bu holatda qora tuynukni hamroh yulduzga tortishish taʼsiri yordamida aniqlash mumkin.
AQSHdagi Garvard-Smitson astrofizika markazi xodimi Karim al-Badri boshchiligidagi astronomlar guruhi Gaia kosmik teleskopi yordamida faol boʻlmagan yulduz massali qora tuynuk uchun yangi nomzod topilganini eʼlon qildi. Tadqiqotchilar Gaia DR3 katalogidan 168 065 ta ehtimolli ikkilik tizim namunasining astrometrik kuzatuvlari maʼlumotlarini tahlil qildi. Soʻngra ular VLT va “Jemini” kabi bir qator Yerdagi teleskoplarning spektrograflari va LAMOST teleskopining arxiv maʼlumotlari yordamida tizimdagi yulduzning radial tezlik harakatini oʻlchash orqali 6 ta qiziqarli obyektni sinovdan oʻtkazdi.
Oddiy yulduz va kamida bitta faol boʻlmagan yulduz massali qora tuynukni oʻz ichiga olgan, keng ikkilik tizim sifatida talqin qilingan yagona nomzod Gaia BH1 (yoki Gaia DR3 4373465352415301632) hisoblanadi. Tizimdagi yulduz asta-sekin aylanuvchi yorqin Sariq pakana boʻlib, uning ogʻirligi 0,93 quyosh ogʻirligiga tengdir va u Ofius yulduz turkumida Quyoshdan 1555 yorugʻlik yili uzoqlikda joylashgan. Uning koʻrinmas hamrohining taxminiy ogʻirligi 9,8±0,2 quyosh ogʻirligiga teng yoki Quyoshdan kamida besh baravar koʻpdir. Bu uni qora tuynuklar toifasiga kiritadi.
Ikkilik tizimlarning orbital davri 185,6 yer kunini tashkil qiladi, bu boshqa har qanday yulduz ogʻirligi qora tuynuk ikkiliklariga qaraganda uzoqroq deganidir, orbital ekssentrisitet esa 0,45 ga teng. Tizimning galaktikadagi orbitasi yupqa diskli jismlarga xos boʻlib, u yumaloq klasterda shakllana olmagan, aksincha ochiq klasterda hosil boʻlish ehtimoli ancha yuqori boʻlgan, keyin esa umuman mavjud boʻlmay qolgan.
Ushbu maqola nplus1.ru sayti materialining tarjimasi.
Muqova surat: wikipedia.org
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.