Pifagor teoremasini qayta nomlaymiz
Pifagor teoremasi, pifagor teoremasining nomlanishi, uch kvadrat teoremasi, Bobil formulasi va Adraxon teoremasi haqida tanishib chiqing.
5 min
10.02.2023
Matematika

Mana bir yil boʻldiki, ushbu tvit haqida hali ham oʻylayapman:

mathwithbaddrawings.com

Pifagor ajoyib boʻlgan. Telba soʻfiy. Sadoqatli din yetakchisi. Loviyani yomon koʻradigan vegetarian. Haqiqiy inson (balki).

Lekin u bizga Pifagor Teoremasini bermagan (iya, buyogʻi qiziq boʻldi-ku). 

Unda nega uning nomini olgan? Yaxshi savol. Keling birlashamiz va qadimgi teoremaga yaxshiroq nom uchun ovoz beramiz! Bu haqiqatan nomining oʻzgarishiga sabab boʻlishi uchun emas, balki bu qiziq munozara boʻlgani uchun!

Kim men bilan?!

Eʼtiboringizga quyidagi nomlarni havola etaman, ular Ben Gambrext (yuqoridagi tvit egasi, AQShlik bankir) va bu mavzudagi boshqa aqlli odamlardan kelgan:

  1. Uch kvadrat teoremasi. Biz uni raqamlar haqidagi daʼvo deb bilsak-da, koʻplab matematik madaniyatlar uchun u shakllar toʻgʻrisidagi daʼvo boʻlgan. Aqllilar uchun: agar toʻgʻri uchburchakning tomonlariga kvadratlar qoʻshilsa, ikkita kichik kvadratning yuzalari yigʻindisi kattasinikiga teng boʻladi.
mathwithbaddrawings.com
  1. Bobil formulasi. Shuhratni egasiga bering! Gambrext aytganidek, bu nom “juda qadimgi davrlar va joylarga ishora… Minglab yil va mintaqalararo bu matematikaning bir boʻlagi bizni gʻalati, begona, lekin bizga teng odamlar bilan bogʻlaydi”. Gambrext uni “bolalarning tasavvuri uchun yoqilgʻi” deb ataydi. Eng muhimi, ziyrak kuzatuvchimiz aytganidek: uni “Baby Formula”ga qisqartirish mumkin.
mathwithbaddrawings.com
  1. Masofa teoremasi. Teorema yuqori oʻlchamdagi masofa topishda eng koʻp qoʻllanadi.
mathwithbaddrawings.com
  1. Hyui Lyuis teoremasi. Syuzan Byorns tomonidan taklifi (yoki soʻz oʻyini)dan iqtibos keltiraman: “It’s hyp to be square…or is that b-squared?” (tarjimiasi: “Kvadrat bo‘lish zoʻrmi… yoki bu b-kvadratmi?”).
mathwithbaddrawings.com
  1. Adraxon teoremasi. Chunki Nil Stefensonning “Anathem” asarida (oʻqishni roʻyxatimga qoʻshib qoʻydim) u shunday nomlangan.
mathwithbaddrawings.com
  1. Uchburchakni kvadratlash. Olaf Doshkening taklifiga koʻra, ilojsiz mashhur “aylanani kvadratlash” xalqasi bilan birga.
mathwithbaddrawings.com
  1. Kvadratlar yigʻindisi teoremasi. Tavsiflovchi va aniq.
mathwithbaddrawings.com
  1. Garfild teoremasi. Agar isbot keltirgan tasodifiy kimsaning nomini olayotgan bo’lsak, AQSh prezidenti qotilini tanlasak bo’lmaydimi?
mathwithbaddrawings.com
  1. 3-4-5 teoremasi. Mashhur Pifagor uchligi nomiga.
mathwithbaddrawings.com
  1. Yevklid, I kitob, 47-taklif. “Matematika injildagi boʻlim va oyatlarga oʻxshaydi”, — deb tushuntiradi Jorj Jelliss.
mathwithbaddrawings.com
  1. Gipotenuza teoremasi. U faqat eng uzun tomon haqida.
mathwithbaddrawings.com
  1. Toʻgʻri teoremasi. Chunki u faqat toʻgʻri burchak haqida.
mathwithbaddrawings.com
  1. Masofa/yuza teoremasi. Chunki u bir vaqtning oʻzida bir nechta narsa haqida.
mathwithbaddrawings.com
  1. Benjamin Vatson teoremasi. Faun Nguyen “Mening sevimli teoremam”dagi chiqishida e’tiborimni jalb qilgan ushbu qahramonligi sababli.

Demak, buni shu yerda tugatsak ham boʻladi. “Bu samarali muhokama boʻldi, shu yerda tugatamiz endi!” desak ham boʻlardi. “Tasodifiy blog postlarim matematikadagi eng mashhur teoremani nomini oʻzgartirishda muvaffaqiyatga erisholmasligi, shubhasiz. Shuning uchun uyga borib, aslimizdek, oʻrtamiyona odamlardek choy damlab sevimli serialimizni qaytadan tomosha qilib oʻtiraylik” deyishimiz ham mumkin edi.

Lekin men yoʻq deyman! Bu referendum vaqti deyman!

Siz, internetdagi yaxshi odamlarga nima deysiz? Geometriyadagi bu fundamental teorema uchun eng afzal nom nima? Oʻz gʻoyalarda izohlarda qoldirishingiz mumkin.


Muallif: Ben Orlin. Ushbu maqola mathwithbaddrawings.com saytidagi “Let’s Rename the Pythagorean Theorem” nomli maqolaning tarjimasi. 

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Top maqolalar

Barchasi
Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!