Astronomlar ultra-diffuz galaktikaning gigant to‘lqinli “dum”ini o‘rgandi
Oʻrta
3 min
10.02.2023
Fizika va astronomiya

Astronomlar Somon yoʻliga eng yaqin boʻlgan ultra-diffuz F8D1 galaktikasidan chiqqan juda uzun toʻlqinli dumni aniqladi.Taxminlarga koʻra, bu ulkan M81 spiral galaktikasiga yaqinlashganligi tufayli bir galaktikaning yoʻq qilinishi natijasidir. Tadqiqotning dastlabki nashri arXiv.org veb-saytida eʼlon qilingan.

Ultra-diffuz galaktikalar juda sust yuza yorqinligiga ega boʻlgan, uzoq vaqt (yoki unchalik ham uzoq boʻlmagan) davomida yangi yulduzlar hosil qilishni toʻxtatgan va zich muhitda ham, past zichlikdagi galaktikali guruhlarda ham mavjudligi kuzatilgan ulkan yulduz tizimlari (samarali radiusi 1,5 kiloparsekdan ortiq) hisoblanadi. Ushbu galaktikalar hozirda astronomlarda katta qiziqish uygʻotmoqda, chunki ulardagi qora materiyaning nisbati, shuningdek, ularning paydo boʻlish mexanizmi, yulduzlarning tez shakllanishi tufayli shishish, yulduz massasining dastlabki yetishmasligi, boshqa gaz galaktikasining old parchalanishi yoki uning yulduz profiliga taʼsir qiluvchi galaktikaning tez aylanishi deyarli kam oʻrganilgan.

Edinburg universiteti xodimi Rokas Zemaitis boshchiligidagi astronomlar guruhi F8D1 ultra-diffuz galaktikasida toʻlqinli “dum”ning topilgani haqida xabar berdi. Bu Somon yoʻliga eng yaqin galaktika hisoblanadi. Olimlar Subaru teleskopining HSC kamerasi va CFHT teleskopining MegaCam kamerasi yordamida olingan galaktika muhiti tasvirlarini tahlil qildi, shuningdek, olimlar “Xabbl” teleskopining kuzatuv maʼlumotlaridan foydalandi.

F8D1 20 yil oldin kashf etilgan, M81 spiral galaktikasi yaqinida joylashgan va Quyoshning taxminan 4×107 yorugʻlik nuriga ega. Markaziy yuza yorqinligi sust (taxminan 25,4 yulduz oʻlchami) boʻlgan ushbu galaktika 2,5 kiloparseklik katta samarali radiusga ega. Bu esa uni ultra-diffuz galaktikalar turiga tasniflash imkonini beradi. Somon yoʻliga (3,63 megaparsek) yaqin boʻlishiga qaramay, atrofida galaktik chang borligi tufayli u yaxshi oʻrganilmagan.

Tasvirlarni tahlil qilish jarayonida tadqiqotchilar tomonidan F8D1 bilan bogʻliq boʻlgan yulduzlarning koʻzga koʻrinadigan uzunligi 60 kiloparsek boʻlgan toʻlqinli oqimi topildi. Oqim NGC2976 mitti spiral galaktikasi va undan kattaroq M81 spiral galaktikasi tomon choʻziladi hamda uning yorqinligi F8D1 galaktikasining 30–36 foizini tashkil qiladi. M81 va F8D1 orasidagi hozirgi masofa 128 kiloparsek, ikkinchisida yulduz shakllanish jarayoni soʻnggi bir necha milliard yil davomida davom etmoqda. Olimlar oqimning kelib chiqishi boʻyicha ehtimoliy gipoteza F8D1ʼning M81 galaktikasi bilan uzoq boʻlmagan oʻtmishda (bir necha million yil yoki undan kamroq) yaqinlashishi deb hisoblamoqda. Natijada M81ʼning tortishish taʼsiri ultra-diffuz galaktikaning toʻlqinsimon ravishda yoʻq boʻlishiga sabab boʻlgan. Shunga oʻxshash jarayon koʻplab ultra-diffuz galaktikalarning paydo boʻlishiga olib kelishi mumkin deb ham taxmin qilinmoqda.


Muallif: Aleksandr Voytyuk. Ushbu maqola nplus1.ru saytidagi “Астрономы рассмотрели гигантский приливный хвост у ближайшей ультрадиффузной галактики” nomli maqolaning tarjimasi.
Muqova surat: HSC va CFHT tomonidan olingan F8D1 galaktikasi tasvirlari. Rokas Zemaitis va boshqalar / arXiv, 2022-yil

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!