Matematikadagi tipratikan va tulkilar kimlar?
Matematikadagi tipratikan va tulkilar masali, Aflotunning shakllar nazariyasi va matematika tarixidagi "tipratikan" va "tulki" haqida o'qing.
Murakkab
3 min
15.02.2023
Matematika

“Tulki koʻp narsani biladi, tipratikan bitta narsani zoʻr biladi”. Ushbu ajoyib maqolni eshitganmisiz?

Izaya Berlin oʻzining “Tipratikan va tulki” masalida bu maqolni yozuvchilarning ikki turini tasvirlaydigan quvnoq metaforaga aylantirgan. Bu iborani yaxshigina oʻyin qilsa boʻladi.

Kim tulki-yu, kim tipratikan?

Tipratikanlar nazariya ustalari boʻlgan yozuvchilardir. Ular “barcha narsani yagona markaziy qarashga bogʻlaydilar…, yagona, universal tartiblovchi taʼlimot”. Aflotun oʻzining “Shakllar” nazariyasi (umuman olganda, oʻzining istalgan savol yoki kelishmovchilikni sof aql bilan yecha olish qobiliyati) bilan klassik misol boʻla oladi.

mathwithbaddrawings.com

Tulkilar esa shunday tadqiqotchilarki, ular baʼzida bir-biriga bogʻliq boʻlmagan va hatto zid maqsadlar ortidan quvishadi, mabodo aloqasi boʻlsa ham, amalda psixologik yoki fiziologik sabablarga koʻra boʻlishi mumkin, ammo hech qanday axloqiy yoki estetik tamoyilga bogʻliq emas. Oxirgi sanalganlar hayoti davomida nimalarnidir amalga oshirishadi va markazga intilma fikrlardan koʻra markazdan qochma gʻoyalar oʻylab topishadi. Ularning oʻylari oʻta tarqoq boʻlib, u darajadan bu darajaga sakraydi.

mathwithbaddrawings.com

Bunday tasniflash uzoq avtomobil safarida qiziqarli oʻyin boʻlishi mumkin. Agar Aflotun tipratikan boʻlsa, Aristotel tulki boʻlgan. Dante tipratikan edi, Shekspirni esa mutlaq tulki deyish mumkin.

Bu holat siyosatchilar, kino ijodkorlari, texnologiya magnatlari, umuman istalgan insonga tegishli. Stiv Jobs va Genri Ford — tipratikanlar. Ilon Mask va Jef Bezos esa tulkilardir. 

Meni esa matematiklar qiziqtiradi. Ammo ularni baholash uchun matematik yoki tarixiy bilimlarim yetarli emas. Bilimdon matematiklar, yordamingiz kerak! Xullas, savollarim:

  1. Matematika tarixidagi tipratikanlar kimlar? Grotendik? Lavleys? Yevklid?
  2. Tulkilar-chi? Ular kim? Gauss? Nyuton? Erdos?
  3. Matematikada tulki va tipratikanni bir-biridan farqlaydigan oʻlchovlar qanday?

Izohlarda yozib qoldiring.


Muallif: Ben Orlin. Ushbu maqola mathwithbaddrawings.com saytidagi “Who are the Foxes and Hedgehogs of Mathematics?” nomli maqolaning tarjimasi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Top maqolalar

Barchasi
Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!