- Eng koʻp tilga tarjima qilingan adabiy asarlar mashhur detektiv yozuvchi Agata Kristiga tegishli. Adiba kitoblari yuzdan ortiq dunyo tillariga tarjima qilingan va toʻrt milliarddan ortiq nusxada chop etilgan.
- Zamonaviy adiblar ichida eng sermahsuli braziliyalik yozuvchi — Joze Karlos Inuye. U 1046 ta ilmiy-fantastik, sarguzasht roman muallifidir. Qizigʻi, u shuncha asarni oʻn yil ichida, 1986–1996-yillar oraligʻida qogʻozga tushirgan.
- Eng uzun roman fransuz yozuvchisi Jyul Romenga (asl ismi Lui Anri Farigul) tegishli. Uning “Ixtiyori oʻzida odamlar” romani 1932–1946-yillar oraligʻida 27 jildda nashr etilgan.
- Eng keksa mualliflar — amerikalik Sara va Elizabet Delenilardir. Ular 1994-yili “Opa-singil Delenilarning kundalik hikmatlari” nomli kitob eʼlon qiladi. Bu paytda opa 105, singil 103 yoshda edi. 1997-yili esa Sara Deleni kitobning davomini yozib, “Oʻzimning 107 yoshimda” nomi bilan chop ettiradi.
- Eng katta ensiklopediya “Yevro-amerika universal bezakli ensiklopediyasi”dir. 105 ming sahifadan iborat bu kitob 104 jildga ega boʻlgan.
- Hozircha eng mitti kitob Yaponiyada bosilgan “Har mavsumga gullar” kitobi boʻlib turibdi. 0,75 millimetrli bu sanʼat asarini oddiy koʻz bilan tugul, koʻzoynak taqib ham koʻra olmaysiz.
- Eng koʻp sotilgan kitob — “Ginnesning rekordlar kitobi”dir. U AQSh kutubxonalaridan oʻgʻirlanishi boʻyicha ham rekord qayd etgan. Bu toʻplam ilk bor 1955-yili chop etilgan.
- Eng qadimgi kitob doʻkoni Portugaliyadagi “Livraria Bertrane”dir. U 1732-yildan beri faoliyat yuritib ketadi.
Maqola oriftolib.uz saytidan olindi. Original maqola → Koʻzga koʻrinmaydigan kitob bormi?
Surat muallifi: AhmadArdity / pixabay.com