1181-yilgi o‘ta yangi yulduzlar ikkita Oq pakananing birlashuv modeliga mos keladi
Oʻrta
4 min
08.03.2023
Fizika va astronomiya

Olti mamlakat astronomlari 1181-yilda portlagan SN 1181 AD yangi yulduzi Somon yoʻlidagi noyob Iax oʻta yangi yulduz turining ikkinchi tasdiqlangan qoldigʻi ekani haqidagi fikrni tasdiqladi. Ikki uglerod-kislorodga boy Oq pakanalar yoki ularning ulkan uglerod-kislorodga boy mitti geliy hamrohi bilan birlashuvi sodir boʻlgan deb taxmin qilinmoqda. Paydo boʻlgan Oq pakana portlash paytida toʻliq yoʻq boʻlib ketmagan. Ishning dastlabki nashri arXiv.org veb-saytida eʼlon qilingan.

Iax tipidagi oʻta yangi yulduzlar nisbatan yaqinda aniqlangan, bular eng kam oʻrganilgan yangi yulduz portlashidir. Hozirgi vaqtda bunday portlash oʻchoqlarining qoldigʻi uchun faqat bir necha oʻnlab nomzodlargina maʼlum va bitta galaktik qoldiq tasdiqlangan. Taxminlarga koʻra, bunday portlashlar ikkilik, kam massali tizimlarda sodir boʻladi, shu bilan birga ikkita portlash mexanizmlari Chandrasekar chegarasidagi Oq pakana ogʻirligining oshib ketishi tufayli sodir boʻlishi mumkin. Materiya geliy hamrohining uglerod-kislorodli Oq pakanagacha toʻplanishi yoki uglerod-kislorodli Oq pakananing kislorod-neon bilan birlashishi kuzatiladi. Oq pakana portlashda toʻliq vayron boʻlmaydi, bu Iax turini Ia turidan ajratib turadi.

1181-yilda Somon yoʻlida portlagan va xitoylik hamda yapon astronomlari tomonidan qayd etilgan oʻta yangi yulduz qoldigʻi avvallari G130.7 +3.1 (neytron pulsar yulduziga aloqador deb topilgan tumanlik) bilan bogʻlangan edi, biroq yaqinda bu yulduzning haqiqiy qoldiqlari Pa 30 tumanligidan topildi. Shundan keyin SN1181 AD Iax turiga mansub ekanligi va ikkita Oq pakanalarning birlashishi natijasi boʻlishi mumkin degan taxmin yuzaga keldi.

Konkoy observatoriyasi xodimi Foteyni Liku boshchiligidagi astronomlar guruhi Katta Kanar teleskopi (GTC), WIYN va Kermerrien observatoriyasi, shuningdek, XMM-Newton, ROSAT, Swift, Xabble va WISE teleskoplarining arxiv va SN 1181 ADʼning kuzatuv maʼlumotlarini tahlil qilish natijalarini eʼlon qildi.

“Kinetik energiya — portlash paytida chiqarilgan moddaning ogʻirligi” diagrammasida maʼlum boʻlgan Iax oʻta yangi yulduzlarning holatiFoteyni Liku va boshqalar / arXiv, 2022-yil

Olingan maʼlumotlarni modellar bilan taqqoslash shuni koʻrsatadiki, qoldiqda markaziy yulduzdan esadigan yulduz shamoli va zarba toʻlqini natijasida qizigan issiq (4 million kelvin) gaz ustunlik qiladi. Shamolning yakuniy tezligi sekundiga 15 ming kilometr deb baholanadi va u tufayli ogʻirlikning yoʻqolish tezligi yiliga 10-6 Quyosh ogʻirligini tashkil qiladi. Shamolda vodorod deyarli yoʻq va C, N, O va Ne bilan solishtirganda geliy yetishmasligi aniqlanadi, issiq gazda neon miqdori past. Tumanlik qobigʻida Iax turiga tegishli birinchi sovuq chang ham topilgan boʻlib, uning umumiy ogʻirligi 8 × 10–3 Quyosh ogʻirligiga tengdir. Markaziy yulduzga kelsak, portlashdan keyin qolgan Oq pakana ogʻirligi 1,2 ± 0,2 Quyosh ogʻirligi bilan teng deb baholanmoqda, portlash paytida esa 0,1 ± 0,05 Quyosh ogʻirligi yoʻqotilgan.

Qoldiqning maʼlum xususiyatlari ikkita uglerod-kislorodli Oq pakana yoki ulkan uglerod-kislorodli pakananing geliy hamrohi bilan birlashuvi tufayli Iax turi modeliga mos keladi. Biroq modellar pakanalarning birlashuvi natijasi tezlashib ketishini taxmin qilmoqda, lekin bu hali aniqlanmagan. Shuningdek, birlashuv kuchli magnit maydonga ega boʻlishini bashorat qilmoqda. Bu ham pakanalar maydonining yuqori chegarasi 2,5 megagaussni koʻrsatuvchi kuzatuv maʼlumotlariga mos kelmaydi.

Avvalroq olimlar qisqichbaqasimon tumanlik ichidagi tuzilmalarni qanday topgani va Meduza tumanligining 3 oʻlchovli modelini yaratgani haqida maʼlumot bergan edik.


Muallif: Aleksandr Voytyuk. Ushbu maqola nplus1.ru saytidagi “Сверхновая 1181 года вписалась в модель слияния двух белых карликов” nomli maqolaning tarjimasi.
Muqova surat: Pa 30 tumanligining infraqizil tasviri / The Astrophysical Journal Letters jurnali, 2021-yil

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Top maqolalar

Barchasi
Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!