20.02.2024
TESS kosmik teleskopi hozirgacha maʼlum boʻlgan eng qadimgi qaynoq Yupiterlardan (ogʻirligi Yupiter sayyorasiga teng boʻlgan ekzosayyoralar sinfi) birini topdi. Ushbu ekzosayyora Quyoshga oʻxshash yulduz atrofida aylanadi. Uning metallga boyligi boshqa ekzogigant yulduzlarga nisbatan ancha past. Tadqiqot dastlab arXiv.org veb-saytida eʼlon qilindi.
Asosiy ketma-ketlikdagi yulduzlar atrofida birinchi kashf etilgan ekzosayyora qaynoq Yupiter 51 Pegas-b boʻldi va keyinchalik boshqa yulduzlar atrofida ham shunga oʻxshash qisqa muddatli gaz gigantlari topildi. Ushbu samoviy jismlar oʻz yulduzlaridan chiqadigan kuchli nurlanish oqimi va toʻlqin kuchlari taʼsiri ostida boʻlib, bu hodisa ulardagi atmosfera xususiyatlarini oʻzgartiradi, orbitalarining eksentrikligini (orbitada aylanish doirasidan ogʻish darajasi) kamaytiradi hamda oqimda tutib turish holatiga olib keladi. Natijada bunday ekzosayyoralarning qanday paydo boʻlishini aniq tushunishda qiyinchilik yuzaga keladi. Orbital davrlari 10 kundan 200 kungacha boʻlgan qaynoq ekzosayyoralar oʻzining yulduzlari tomonidan kamroq taʼsirga uchraydi, shuning uchun ular sayyora shakllanishi va rivojlanishi modellariga koʻproq mos keladi. Lekin bunday ekzosayyoralar kam uchraydi. Tranzit qaynoq ekzosayyoralar olimlar uchun muhim ahamiyatga ega, chunki ular yordamida sayyora xususiyatlarini yetarlicha aniq oʻlchash mumkin.
Shveysariyadagi Jeneva universitetining Nolan Grivz boshchiligidagi astronomlar jamoasi TOI-5542b nomli qaynoq Yupiterlarning yangi vakili topilganini eʼlon qildi. Dastlab sayyoralar TESS fazoviy teleskopi orqali tranzit fotometriya usulida qayd etilgan. Kashfiyotni tasdiqlash uchun olimlar yerusti teleskoplari NGTS, EULER va SAAO observatoriyasidan olingan fotometrik kuzatuv maʼlumotlarini hamda yerda joylashgan teleskoplarga oʻrnatilgan CORALIE va HARPS spektrograflari tomonidan olingan yulduz radial tezligi (yulduz umumiy tezligining Quyoshdan yulduzgacha boʻlgan nur aksi) dinamikasi haqidagi maʼlumotlarni tahlil qilgan.
TOI-5542 nomli “ota yulduz” G3V spektral turiga mansub boʻlib, Quyoshdan 1153 yorugʻlik yili masofasida joylashgan. Ogʻirligi 0,89 Quyosh ogʻirligiga, radiusi 1,06 Quyosh radiusiga teng. Yoshi esa 10,8 milliard yilni tashkil qiladi, yaʼni u Quyoshdan ikki barobar qadimiyroqdir.
TOI-5542b ekzosayyorasining orbital davri 75,12 Yer kunini, ogʻirligi 1,32 Yupiter ogʻirligini va radiusi 1,009 Yupiter radiusini tashkil qiladi. Sayyora aylana orbitada joylashgan boʻlib, 441 Kelvin darajadagi muvozanat harorati bilan tavsiflanadi. Bu uni qaynoq gaz gigantlari qatoriga kirishini anglatadi. Olimlarning fikricha, ushbu samoviy jism muz chizigʻidan tashqaridagi hududdagi diskda migratsiya natijasida yoki hozirgi oʻzining orbitasida hosil boʻlgan boʻlib, yerga yuqori eksentriklik mexanizmlari tufayli tushib qolmagan. Bundan tashqari, TOI-5542b ekzogigantlarga ega metallga boy “ota yulduz”lar anʼanaviy manzarasiga mos kelmaydi.
Muallif: Aleksandr Voytyuk. Ushbu maqola nplus1.ru saytidagi “TESS нашел очень старый теплый юпитер у солнцеподобной звезды” nomli maqolaning tarjimasi.
Muqova surat: Transiting Exoplanet Survey Satellite / nasa.org
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.