Van Gogning “bog‘bon” asaridagi shaxs kim bo‘lgan?
Oʻrta
4 min
18.01.2023
San’at

Yuqoridagi portretni rassom umrining oxirida, ya’ni u ruhiy kasalliklar shifoxonasida davolanayotgan paytida chizgan. Suratda o‘sha kasalxona yaqinidagi dalada fermer sifatida ishlagan yigit tasvirlangan. Hozirda asar Rimdagi Zamonaviy san’at milliy galereyasida saqlanmoqda.


1888-yili Vinsent Van Gog qulog‘ining katta qismini kesib tashlagan. Shundan so‘ng do‘stlari va oila a’zolari uni Sankt-Remi provinsiyasi yaqinidagi ruhiy muassasaga borishga ko‘ndirishdi. Qizigʻi, kasalxona mudirlari rassomga shu yerda ham rasm chizishiga ruxsat berishadi.

Van Gog salkam bir yil davomida ruhiy kasalliklar shifoxonasida unumli mehnat qildi. Jumladan, u “Bog‘bon” nomi bilan tanilgan, yorqin rangli kiyimda jilmayib turgan kishining portretini chizdi. “San’at” gazetasining sharhlovchisi va “Yulduzli tun: Van Gog ruhiy kasalxonada” nomli kitob muallifi Martin Beyli o‘sha suratdagi sirli kishining shaxsini aniqladi.

“San’at” gazetasida yozilishicha, Beyli portretdagi kishi ismini Sankt-Reymi provinsiyasida joylashgan Estrin muzeyida chop etilmagan yozuvlardan topgan. Yozuvlar Luis Puletning so‘zlaridan iborat, uning bobosi Van Gog yashagan kasalxonada haydovchi bo‘lgan. Bu hujjatlarga ko‘ra, portretdagi odam 28 yoshli Jan Barral bo‘lgan. Bayli Barral haqida surishtirib, shuni aniqladiki, u fermer bo‘lgani uchun kasalxona dalasida ishlagan bo‘lishi mumkin.

Fransua Pulet kasalxonada xizmatchi bo‘lib ishlagan va Van Gogning rasm chizish uchun tashqariga chiqishiga ko‘maklashgan. Aynan o‘sha joyda rassom bog‘bon va qo‘riqchilar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lgan.

Bugungi kunda portret Rimdagi Zamonaviy san’at milliy galereyasida saqlanmoqda. 

Zamonaviy san’at milliy galereyasi, Rim, Italiya / wikipediya.org

Garchi o‘sha portret va kasalxonada yaratilgan boshqa suratlar rangdor shoh asarlar hisoblansa-da, Van Gogning u yerda o‘tkazgan vaqti qiyin kechgan. Bayli yangi kitobida kasalxonada Van Gog bilan birga yashagan 18 ta erkak bemorlar hayoti bo‘yicha surishtiruv o‘tkazadi. Ruhiy kasalxonadagi hayot uzoq davom etuvchi zerikish, bezovtalangan bemorlarning jihozlarga musht tushirishi, tungi faryod va baqiriqlar bilan kechardi. Rassom kasalxonada bo‘lgan vaqtida uni hech bir do‘sti, hatto sevimli akasi Teo ham yo‘qlab kelmagan.

→ Van Gogning yashirin avtoportreti topildi

Aytish joiz, Van Gogning o‘zi ham namunali bemor bo‘lmagan. U uch marta ruhiy buzilishni boshdan kechirgan va zaharli bo‘yoqlar hamda chiroqlardagi kerosinni ichish orqali o‘zini zaharlashga uringan. 1890-yilning may oyida rassom “kasalxona uni ezib tashlagan”ini aytib, muassasadan chiqadi. Yaqinda kuzatilgan ruhiy buzilish uning hali to‘liq sog‘aymaganini anglatsa-da, shifoxonadagilar uni tuzalgan deb e’lon qilgan. U bahorgi manzaralarni chizish uchun shimoliy Fransiyaga safar qiladi va ikki oydan vafot etadi. Baʼzilar buni qotillik deyishsa, boshqalar u oʻzini tasodifan (balki yoʻq) otib oʻldirgan deydi, 

Suratga keladigan bo‘lsak, Van Gog katta yo‘qotish oldida turgan samimiy insonning rasmini tarixga muhrlagan. Baylining yozishicha, rassom ruhiy kasalxonadan ketishidan bir kun oldin portretdagi qahramon Barralning besh yashar qizi Adelin vafot etgan.

Bogʻbon. Vinsent Van Gog. 1889-yil, 61×50 sm / wikipedia.org

Vinsent Van Gog hayoti haqida batafsil bilib olish uchun ushbu qiziqarli videoni tomoshqa qiling → youtu.be/wgsUHUU1F1Y

Manbalar:
smithsonianmag.com/smart-news/historian-identifies-subject-van-goghs-gardener-180970387
artchive.ru/news/3610~Razgadana_tajna_Sadovnika_Van_Goga 

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Top maqolalar

Barchasi
Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!