20.02.2024
Narval (tumshugʻida shoxsimon qoziqtishi boʻlgan kitsimon dengiz hayvoni) — kitsimonlar oilasining eng gʻaroyib vakillaridan biri. Koʻpchiligimiz kitlarning faqat bitta turi borligiga aminmiz, aslida esa ularning bir nechta turi mavjud. Ularning eng taajjubga soladiganlari tishli kitlar deb ataladigan turidir. Tishli kitlar baliq va bosh-oyoqli mollyuskalarni ovlab, asosan ular bilan oziqlanadi. Kashalot —tishli kitlarning eng kattasi. Ularning uzunligi 20 metrgacha yetishi mumkin va ularning boshqalardan farqlab turadigan xususiyati — katta boshi.
Boshining yon tomonlaridagi gʻalati suyak gʻuddalari tufayli nomi antiqa boʻlgan shishaburun — mazkur kenja guruhning yana bir vakili. Narval ham tishli kitdir. U asosan Arktika suvida yashaydi va erkak narval boshqa kitlarda boʻlmagan narsa — jagʻining chap tomonida qilichdek chiqib turadigan uzun qoziqtishga ega.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.