Biz nafas oladigan havo

Bizni har tomondan havo oʻrab olgan va boshqa biror narsa egallamagan har qanday boʻshliqni toʻldirib turadi. U dengiz va koʻllar, daryo, jilgʻa, quduqlar suvida ham erigan holda mavjud.

U bilan barcha hayvon va oʻsimliklar nafas oladi. Hayvonlarning oʻpkasi, oʻsimlik hujayralari, suv va tuproq yuzasi, sanoat korxonalari quvurlaridan havoga chiqqan barcha narsa havo tarkibini oʻzgartiradi.

Tutun zarralari juda koʻpayib ketsa, koʻrinmas havo koʻrinadigan va yoqimsiz hidga ega boʻladi, nafas olish qiyinlashadi.

Havo bu — nisbati ming yillar davomida deyarli oʻzgarmagan gazlar aralashmasi. U 78% azotdan, 21% kisloroddan iborat boʻlib, bu havoning 99 foizini tashkil qiladi. Qolgan 1% barcha tirik mavjudotlar chiqaradigan karbonat angidrid va boshqa gazlar — argon, geliy, kripton, ksenon va boshqalardan tashkil topgan. Ular kimyoviy reaksiyalarda ishtirok etmagani uchun inert gazlar deb ataladi.

Ulkan havo ummoni Yer yuzasidan koʻp kilometr yuqoriga choʻzilgan. Yerning tortish kuchi uni kosmik fazoda ushlab turadi, garchi vodorod kabi eng yengil gazlarning bir qismi koinotga chiqib ketadi.

Togʻga koʻtarilib, havo shari yoki samolyotda parvoz qilib Yer yuzasidan uzoqlashganda, havo zichligi pasayganini his qilamiz. Tarkibi oʻzgarishsiz qolsa-da, u tobora siyraklashib boradi. Havo bosimi kamayadi.

Suvning qaynash harorati 100°C dan past boʻladi, shuning uchun balandlikda biror narsa pishirish juda uzoq vaqtni talab qiladi. 8 km dan yuqorida kislorod niqobisiz uzoq vaqt qolish mumkin emas, 13 km dan yuqorida havo bosimi dengiz sathidagidan 8 baravar kam, 30 km balandlikda esa u umuman yoʻq.

Kosmonavtlar undan 10 baravar koʻproq balandlikda ishlaydi, ammo ular kosmik kemada hosil qilinadigan gazlarning sunʼiy aralashmasi bilan nafas oladi. Uning tarkibi atmosfera havosiga yaqin boʻladi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!