Buqa jangi: nega buqalar qizil rangli narsalarga tashlanadi?

Maʼlumki, buqalar jangi Ispaniya va boshqa koʻplab mamlakatlarda eng mashhur musobaqa turi hisoblanadi. Ushbu musobaqani ko‘rgan ishqibozlar oʻz fikrlariga ega. Hech kim ularni bundan qaytara olmaydi.

Qizil rangli hamma narsa buqaning gʻazabini keltirib chiqaradi va hujumga undaydi, deb o‘ylashadi. Shuning uchun ham buqa jangida ishtirokchi qoʻlida mohirona ishlatiladigan qizil mato boʻladi. Ammo ishoningki, u oq, sariq va yashil matolarni ham ushlab tursa ham, buqaga farqi yo‘q: axir u ranglarni ajratolmaydi (vo ajabo)!

Koʻpgina matadorlar¹ buni tasdiqlaydi. Baʼzilari hatto qizil oʻrniga oq libos kiygan holda maxsus tajribalar oʻtkazishgan — buqa hech bir oʻzgarishni payqamagan. Aynan qizil rang, aytishlaricha, matoning tomoshabinlarga yaxshiroq koʻrinishi uchun ishlatiladi.

Xoʻsh, unda buqani hujumga nima undaydi? Javobi — mato bilan qilingan harakatlar, lekin aslo rang emas. Buqa oldida tebranadigan har qanday narsa uni qo‘zg‘atadi. Yana bir narsa: buqa ranglarni farqlamagani sababli agar siz oq matoni silkitsangiz, uni yanada gʻazablantirasiz. Chunki oq rang unga yaxshiroq koʻrinadi.


[1] Matador — buqa jangida buqani o‘ldirishi kerak bo‘lgan odam.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!