20.02.2024
XX asrning 20-yillarida “yenot” soʻzi darhol yenot poʻstinni (issiq ustki qishki kiyim) eslatgan. Oʻsha paytda bu kabi moʻynali poʻstin juda urfda boʻlgan.
Bugungi kunda ham yenotlar ovlanmoqda. Ammo ular avvalgi mashhurlikni yoʻqotganidan juda xursand.
Yenot — juda jasur jangchi hamda uning insondan tashqari yana bir nechta dushmani bor, ammo kichikligidan odam qoʻliga tushsa, u hammaning erkatoy arzandasiga aylanadi. Bu jonivor baland serqoya togʻlardan tashqari Kanadadan Panamagacha boʻlgan hududda ham yashaydi.
Ularning uzunligi 64 sm dan 89 sm gacha, vazni esa 11 kg ga yetadi. Bu sutemizuvchilar daraxt oʻsadigan joylarda yashaydi, tunda ozuqa qidiradi. Ular, asosan, qisqichbaqa, mollyuska¹, baliq va qurbaqa, ba’zida yongʻoq, rezavor², meva va yosh makkajoʻxori bilan oziqlanadi.
Yenot bolalari daraxt tanasi yoki shoxidagi kovakda dunyoga keladi. Urgʻochi yenot yiliga bir marta 4–5 nafar bola tugʻadi. Oilasi koʻchib oʻtganda urgʻochisi bolalarini birin-ketin yangi joyga olib oʻtadi, ammo kuzga borib yenotlar mustaqil hayotni boshlash uchun yetarlicha ulgʻayadi.
Yenotlar yeyishdan oldin ovqatini yuvib oladimi? Baʼzan ha, baʼzida esa yoʻq. Ularning aksariyati oʻz ovqatini yuvishni afzal koʻradi. Hatto suv topilmaganda yenotlar ovqatini tashlab ketgan.
Ammo ular ovqatni tozalash uchun yuvmaydi, chunki koʻpincha suv ovqatga qaraganda iflos boʻladi. Aslida ular yuvilgan emas, shunchaki ivitilgan ovqatni yoqtirsa kerak.
Siz tomosha qilgan qaysi kino va multfilmlarda yenot qatnashgan? Ularning nomini yozib qoldiring.
[1] Mollyuska — chig‘anoq ichidagi umurtqasiz yumshoq tanli jonivor.
[2] Rezavor — ovqatga solish uchun ishlatiladigan ko‘kat va sabzavot.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.