Abadiy yo‘q bo‘lib ketgan dinozavrlar

Dinozavrlar zamondoshlarimiz uchun juda begona, uzoq vaqt avval yoʻq boʻlib ketgan narsa timsoliga aylangan. Darhaqiqat, ular hozir Yer yuzida yashaydigan hayvonlarga umuman oʻxshamaydi. Biroq bu unchalik toʻgʻri emas. Gigant kaltakesak (albatta, qadimgi kaltakesakdan ancha kichik) hali ham Zond arxipelagi orollarida uchraydi. U taxminan 170 million yil davomida Yer yuzida hukmronlik qilgan maxluqlarning xususiyatlarini bizgacha yetkazib kelgan.

Ular taxminan 200–240 million yil oldin paydo boʻlgan va boʻr davrining oxirida, yaʼni miloddan 70 million yil avval qirilib ketgan. Bir vaqtlar Yerda yashagan barcha turlarning 99% dan ortigʻi butunlay yoʻq boʻlib ketgan. Buning sabablari haligacha maʼlum emas. Bu borada turli qarama-qarshi fikrlar mavjud. Ayrim olimlar ularning, xususan, dinozavrlarning ham oʻlimini Yerda sodir boʻlgan togʻ hosil boʻlishi va vulqon faoliyati kabi halokatli jarayonlar bilan bogʻlaydi. Boshqalari esa iqlimning keskin oʻzgarishi va kosmik nurlanish, uchinchilari — meteoritlar tushishi bilan. Katta ehtimol bilan, ular Yer yuzidagi oʻzgargan yashash sharoitlariga moslasha olmagan va oʻrnini yanada rivojlangan organizmlarga boʻshatib bergan.

Dinozavrlar yashagan oʻsha uzoq oʻtmishda sayyoramizda fantastik dunyo boʻlgan. Bir maromdagi iqlim yumshoq va issiq boʻlgan. Suv ulkan maydonlarni toʻldirgan. Daryolar ignabargli qalin oʻrmonlarni kesib oʻtgan. Yer yuzasini ulkan sarv daraxtlari, daraxtsimon paporotniklar, qirqboʻgʻin va plaunlar (sporali oʻrmon oʻsimliklaridan biri), sagovniklar (biroz palmaga oʻxshash, lekin yetti metrli qalin yaltiroq bargli daraxt) qoplagan. Dengiz va daryolar qirgʻogʻini barglari ulkan yelpigʻichlarga oʻxshash ginkgo oʻrmonlari oʻrab turgan. Xushboʻy hidli birinchi gulli oʻsimliklar paydo boʻlgan.

Bu yam-yashil muhitda barcha davrlarning eng katta sudralib yuruvchilari boʻlgan ulkan ninachi, toshbaqa, kaltakesak va haybatli dinozavrlar yashagan. Ular hamma joyda, barcha qitʼalarda hukmronlik qilib, oʻzlarini Yerning “xoʻjayinlari” kabi his qilgan. Shoxlari, tikanlari va zirhi boʻlgan birinchi dinozavrlarning uzunligi koʻpincha deyarli 25–30 metrga yetgan. Ular kuchli oyoqlarida harakatlangan. Chamasi, eng qadimgilari quruqlikdagi yirtqichlar boʻlgan. Keyin oʻtxoʻrlari paydo boʻlgan. Ularning baʼzilari keyinchalik suvda yashay boshlagan.

Keyin uzunligi qariyb 35 metr, balandligi 9 metr va ogʻirligi 60 tonnaga yetgan brontozavr va braxiozavrlar paydo boʻlgan. Ular dengiz va katta koʻllar qirgʻoqlarida yashagan oʻtxoʻr jonivorlar boʻlgan. Uzunligi 17 metr, balandligi 9 metr va vazni 10 tonnadan ortiq tiranozavr esa yirtqich boʻlgan. Orqa oyoqlarida harakatlangan bu maxluq, aftidan, Yer yuzida yashagan barcha yirtqichlarning eng dahshatlisi boʻlgan.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!