20.02.2024
Dengiz ilonbaligʻi va murena ilonbaligʻi faqat shoʻr suvda yashaydi. Dengiz ilonbaligʻi va murenalarning deyarli barcha turi tropik iliq dengizlarda va aksariyati qirgʻoqdan uzoqda yashaydi. Bu ilonbaliqlarning ayrimlari ulkan oʻlchamlarda boʻladi. Bir safar ogʻirligi 72 kilogramm va uzunligi 2,7 metr boʻlgan ilonbaliq tutilgan. Garchi murenalarning aksariyati bir metrdan oshmasa-da, ularning uzunligi uch metrga yetishi mumkin. Koʻpchilik murenalarni xavfli deb hisoblaydi. Ular suvosti qoyalari va marjon riflari orasidagi yoriq va gʻorlarda yashirinib yashaydi. Ochlikni his qila boshlagan murena oʻz boshpanasidan kamondan otilgan oʻq kabi otilib chiqib, suzib oʻtayotgan oʻljasini tutib oladi. Ular juda kuchli jagʻ va oʻtkir tishlarga ega.
Qadimgi rimliklar murenalar haqida bilgan va ularning zahrini halokatli deb hisoblagan. Biroq, obyektiv maʼlumotlarga koʻra, murenalar tishlagan odamlarda zaharlanish alomatlari aniqlanmagan. Shunga qaramay, murena xavfli. U baʼzida odamga hujum qilib, jiddiy jarohat yetkazishi mumkin. Aslida xavfli boʻlgan ilonbaliq esa umuman ilonbaliq emas.
Elektr ilonbaliq zogʻorabaliq, qizilkoʻz va tanga baliq bilan bir sinfiga mansub. U faqat Janubiy Amerika sohillarida yashaydi. Tanasining beshdan toʻrt qismi elektr hujayrali maxsus toʻqimalardan iborat. Agar ularga tegib ketilsa, elektr ilonbaliq zaryadsizlanib, odamni kuchli elektr toki urishi mumkin.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.