20.02.2024
Hozir paytda mavjud boʻlgan yoki bir vaqtlar yer yuzida yashagan hayvonlar bilan taqqoslaganda, odamlar nisbatan kichikdir. Keling, sayyoradagi eng katta hayvonlar haqida gaplashaylik. Koʻk kitdan keyin turadigan eng katta tirik mavjudotlar — kitsimon akula va ulkan akula. Ular baliqlarga mansub boʻlib, bu sinfning odamlarga maʼlum boʻlgan eng katta vakillari: ularning uzunligi 15 metrdan 18 metrgacha yetishi mumkin.
Baʼzi odamlar akulalarning barchasi odamxoʻr deb hisoblaydi va kitsimon akulaning oʻlchamlariga asoslanib, u odamni butunlay yutib yuborishga qodir deb oʻylaydi. Ammo kitsimon akula buni xohlasa ham uddalay olmaydi. Chunki uning tishi mayda — uzunligi atigi uch millimetr, tomogʻining diametri esa oʻn santimetr. Shuning uchun bu ulkan baliq sardina va mayda boshoyoqli mollyuskalar kabi okeanning eng kichik mavjudotlari bilan oziqlanadi.
Chuchuk suv baliqlari orasida eng kattasi Janubiy Amerikada yashovchi arapayma yoki piraruka hisoblanadi. Ushbu baliqning uzunligi 4 metrga, ogʻirligi esa 200 kilogrammga yetishi mumkin. Agar koʻp vaqtini chuchuk suvda oʻtkazgani uchun osyotrni chuchuk suv baligʻi deb hisoblasak, u eng katta chuchuk suv baligʻi boʻladi. Uzunligi taxminan 8 metr va ogʻirligi 1 460 kilogramm boʻlgan osyotrlar uchragan.
Eng kichik baliq qaysi? U Filippin orollari hududida uchraydi. U pandaka pigmeya deb nomlanadi va uzunligi olti millimetrdan oshmaydi. Chamasi, u eng kichik umurtqali hayvondir.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.