Tuya qancha vaqt suvsiz qanoatlanishi mumkin?

Avtomobil va samolyotlar ixtiro qilinishidan oldin Osiyo hamda Afrika choʻllarini faqat bitta usulda — tuyalarda kesib oʻtish mumkin boʻlgan. Aynan shuning uchun tuya “choʻl kemasi” laqabini olgan. Tuyaga choʻllarda yashash va sayohat qilish imkoniyatini beradigan eng muhim narsa — uning orqasidagi oʻrkachi. Oʻrkach boʻshaganida shaklini yoʻqotib, tuyaning orqasida shalviragan burmalar holida osilib qoladi. Oʻrkachda suyak yoʻq, u faqat yogʻ va mushaklardan iborat.

Oʻrkachning vazifasi — oʻziga xos ozuqa ombori boʻlib xizmat qilish. Sayohat boshlanishidan ancha oldin tuya egasi uni iloji boricha koʻproq ovqat yeb, suv ichishga majbur qiladi. Tuya boʻkib yeydi, vazni taxminan 45 kilogrammli yogʻ toʻlgan oʻrkachi uning orqasida tikka turadi. Bu yogʻ zaxirasi tuya yoʻlda ozuqa topa olmaganida unga bir necha kunga madad boʻladi. Shuningdek, tuya safarda ichki suv zaxirasidan ham foydalanishi mumkin.

Safar boshlanishidan oldin sarbon uni taxminan ellik litr suv ichishga majbur qiladi. Buning uchun u tuyaga tuz berib, uni tashna qiladi. Tuyaning uchta oshqozoni bor. Birinchisida u qaytarilgan ozuqa hosil qilish uchun oʻtlayotganda ovqat toʻplaydi. Ikkinchi oshqozonda ovqat hazm qilish shirasi bor, uchinchisida esa kavsh qaytarilgan ozuqa hazm qilinadi. Birinchi va ikkinchi oshqozon devorlarida suv toʻplash uchun “choʻntak”lar mavjud. Ular suvga toʻlganda, mushaklar bu “choʻntak”larni yopiq holda ushlab turadi. Tuyaga suv kerak boʻlganda, bu mushaklar “choʻntak”larni ochib, keragicha suv chiqaradi va yana yopadi.

Xoʻsh, tuya suvsiz qancha vaqt qanoatlanishi mumkin? Payqaganingizdek, u tom maʼnoda suvsiz qololmaydi. Chanqagan odam qimmatbaho suvni olish uchun baʼzida tuyani oʻldirishga majbur boʻlgan holatlar mavjud. Agar tuya sekin yursa va yuki unchalik ogʻir boʻlmasa, zaxirasidagi suv unga olti yoki hatto oʻn kunga ham yetishi mumkin.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!