Qushlar qanday tezlikda ucha oladi?

Odamlar ot poygasi va atletika musobaqalarini tashkil qilib, oʻzi ham tezlikka yuguradi. Bunda tezlikni aniqlash juda oson: start va marra chizigʻi bor, qoʻlida sekundomer tutgan bir nechta hakam diqqat bilan kuzatib boradi. Parvozdagi qushning tezligini qanday oʻlchash mumkin? Koʻplab qush turlarining parvoz tezligini tavsiflovchi ancha-muncha raqamlar eʼlon qilindi, ammo olimlar orasida bu borada hamfikrlik yoʻq va hammasi ham bu maʼlumotlarni toʻgʻri deb hisoblamaydi. Masalan, Hindistonda jarqaldirgʻoch tezligi oʻlchanganda soatiga yuz yetmish milni, Mesopotamiyada esa yuz milni tashkil etgan.

Yevropa lochinining uchish tezligi pastga shoʻngʻish paytida sekundomer bilan oʻlchangan va soatiga 165 dan 180 milgacha boʻlgan natija olingan. Ammo koʻpchilik olimlar bu raqamlarni shubha ostiga oldi. Bir mutaxassisning fikricha, qushlar orasidagi rekordchi kaptar boʻlib, u soatiga 94,2 mildan ortiq tezlikka erisha oladi. Quyida qushlarning uchish tezligiga oid hamma eʼtirof etgan bir nechta raqamlar bilan tanishing.

Lochin soatiga 65 dan 75 mil tezlikda ucha oladi.

Soatiga 65–70 mil tezlikka erisha oladigan oʻrdak va gʻozlar undan biroz ortda qoladi.

Yevropa jarqaldirgʻochining uchish tezligi tillarang loyxoʻrak va motamsaro kaptarniki bilan taxminan bir xil boʻlib, soatiga 60–65 milga yetadi.

Juda tezkor qush deb hisoblanadigan kolibrilar soatiga 55–60 mil tezlikka erishadi.

Chugʻurchuqning tezligi soatiga 45 dan 50 milgacha. Chumchuqlar odatda soatiga 25 mil tezlikda uchadi, garchi ular yanada tezroq — 45 dan 50 milgacha tezlikda parvoz qila oladi.

Qargʻalar odatda soatiga 20–30 mil tezlikda uchadi, ammo soatiga 40–50 mil tezlikka erisha oladi.

Qarqara va qirgʻovulning parvoz tezligi soatiga 35–40 mil.

Qanchalik gʻalati tuyulmasin, ammo yovvoyi kurka soatiga 30–35 mil tezlikda ucha oladi.

Soykaning tezligi esa soatiga 20–35 mil.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!