Bironta qush qishki uyquga ketadimi?

Qishki ayozli kunlarda uyimizga kirib, kaminda olov yoqib, u yerda havo isiguncha oʻtirishimiz mumkin. Biz issiqqon mavjudot boʻlsak-da, qishki uyquga keta olmaymiz. Nima deb oʻylaysiz, agar odam bunga qodir boʻlganida, u sovuq mavsumni shu tarzda oʻtkazib, koʻproq yashay olarmidi? Afsuski, qushlar ham qishda uyquga ketmaydi. Ammo ular juda past haroratga bardosh bera oladi. Hatto uyingizdagi qafasda yashaydigan kichik kanareyka ham agar choʻqilash uchun yetarli miqdorda narsa boʻlsa, tashqaridagi -45 °C gacha boʻlgan havo haroratiga bardosh bera oladi.

Qishda ozuqa topishga qodir va issiq mamlakatlarga uchib ketmaydigan qushlar qishki uyquga muhtoj emas. Qishki uyquga ketish miyadagi maxsus haroratni tartibga solish markazi tomonidan belgilanadi. Tana sovuqda issiqlikni saqlaydigan qatlamni koʻpaytirish maqsadida yung yoki patlarni hurpaytirib, hayvonning isinishini taʼminlash uchun badanda titroq hosil qilib, teridagi qonni ichki aʼzolarga haydaydi. Qishki uyquga ketadigan hayvonlar qishda uxlash vaqti kelganida tanasidagi bu haroratni tartibga soluvchini “oʻchirib qoʻyadi”. Bu deyarli barcha sovuqqon hayvonlar tomonidan amalga oshiriladi. Bu jarayon tashqi haroratning pasayishi, ozuqa tanqisligi, kunning qisqarishi va boshqa sharoitlar tufayli yuzaga keladi.

Hayvon qishki uyquga ketganida, uning harorat regulyatorida adashishlar roʻy bera boshlaydi: tana harorati pasayganda, normal holatda boʻlgani kabi uni koʻtarishga harakat qilmaydi. Buning oʻrniga tana harorati havo haroratiga moslashtiriladi. Nafas olish yurak urishi kabi sust va nomuntazam boʻladi, turli nerv reflekslari esa umuman faoliyatini toʻxtatadi. Agar havo harorati noldan pastga tushsa, ayrim qishki uyqudagi hayvonlar tezroq nafas olishni boshlaydi va tana biroz koʻproq issiqlik hosil qiladi. Ulardan baʼzilari bu vaqtda uygʻonadi, haroratning keskin pasayishini umuman sezmaydiganlari esa muzlab oʻlishi mumkin.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!