20.02.2024
Agar uyingizda itingiz boʻlsa, ehtimol, u uyqusida tovushlar chiqarayotgani, kimnidir taʼqib qilayotgandek panjalarini silkitayotgani yoki titrayotganini payqagandirsiz…
Koʻpchilik it egalari buni hayvon tush koʻrayotganining belgisi deb hisoblaydi. Garchi bu odamlar iti tush koʻrayotganini aniq ayta olmasa-da, olimlar, aftidan, itlar tush koʻrmaydi deb hisoblaydi.
Olimlarning ushbu nazariyasini tushunish uchun odamlar ham, hayvonlar ham hozirgi koʻrinishiga evolyutsiya natijasida kelganini eslashimiz kerak. Bu esa biz millionlab yillar davomida asta-sekin oʻzgarishlarga duch kelganimizni anglatadi. Garchi odam va hayvonlar koʻp jihatdan oʻxshash boʻlsa-da, hayvonlarning ongi va hissiyotlari odamlarnikidan biroz farq qiladigan yoʻnalishda rivojlangan. Natijada hayvonlar ham biznikidan farqli dunyoda yashaydi. Hayvonlarning his-tuygʻu va fikrlash jarayonlari biznikidan farq qilgani sababli biz ularning his-tuygʻulari va miyasi biznikiga oʻxshash mahsul beradi deb bahslasha olmaymiz.
Hayvonlarning aql-zakovati va shaxsiy fazilatlari odamning kichraytirilgan modeli emas. Biz hayvonlarning aqliy faoliyati qanday sodir boʻlishini bila olmaymiz. Itning uyqusida panjalarini siltab, gʻingshiyotganini koʻrib, u tush koʻryapti deb hisoblasak ham, haq ekanimizni isbotlashning hech qanday usuli yoʻq. Balki, miya hujayralari shunchaki mushaklarga signal yuborishda davom etayotgan va bu vaqtda it hech qanday tush koʻrmayotgan boʻlishi ham mumkin. Biznikiga oʻxshash miya tuzilishiga ega boʻlgan hayvonlarda insonga oʻxshash fikr va tasvirlar paydo boʻlishi mumkin, ammo ular, albatta, ancha soddadir.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.