Infuzoriya qanday hayvon?
Infuzoriya qanday hayvon? Infuzoriyani mikroskopsiz ko'rish mumkinmi?
2 min
Bu nima?

Hovuzdan olingan bir tomchi suvni mikroskop ostida tekshirib, unda shakli tufliga oʻxshash — bir uchi yumaloqlangan, ikkinchisi esa toraygan jonzotlarni koʻrish mumkin. Bu mayda jonzotlarning boshqa hayvonlar singari ozuqa qidirib harakatlanishi, mikroskopik oʻsimlik va boshqa organizmlarni (bizga maʼlum boʻlganidek, oʻsimliklar kerakli ozuqani oʻzi ishlab chiqaradi) oʻzi topib oziqlangani tufayli uni hayvon deb tasniflanishiga ishonish qiyin. 

Bu hayvon — infuzoriya yoki parametsiya. Uning deyarli butunlay tanasi kipriklar deb ataladigan qillarga oʻxshash, ingichka xipchinlar bilan qoplangan. Bu kirpiklar minglab mayda eshkak singari bir tekis harakatlanib, tanani oldinga, orqaga yoki aylana boʻylab harakatlantiradi.

Infuzoriya chuchuk suvda yashab, bakteriyalar, jumladan, xamirturush va boshqa bir hujayrali sodda organizmlar — hayvonlarga oʻxshash mayda mikroblar bilan oziqlanadi. Chamasi, u kipriklar harakatini boshqara oladi, chunki ozuqa qidirish yoki xavfdan qochish uchun yoʻnalishini tezda oʻzgartirishi mumkin. Barcha tirik organizmlar singari infuzoriya ham koʻpaya oladi. U voyaga yetganida ikkiga boʻlinib, ikkita mustaqil organizmni hosil qilishi mumkin. Shuningdek, u tanasining ayrim zarralarini boshqa infuzoriya bilan almashtirish orqali ham koʻpayishi mumkin.

Infuzoriyalarning diqqatga sazovor tomoni shundaki, inson tanasida hayot uchun zarur funksiyalar maʼlum bir aʼzoda toʻplangan millionlab hujayralar tomonidan bajarilsa, infuzoriya inson va yirik hayvonlar bajaradigan bunday vazifalarning barchasini bitta hujayrada amalga oshiradi. Ammo bir hujayrali infuzoriyada ham funksiyalarning maʼlum bir ixtisoslashuvi mavjud. Hujayra ichida biri ikkinchisidan kattaroq ikkita sharsimon massa mavjud. Bu — yadrolar. Kichikroq yadro koʻpayish, kattarogʻi esa tananing boshqa barcha funksiyalarini bajaradi.

Infuzoriya odamlar tomonidan kashf etilgan va oʻrganilgan yuz minglab turli xil mikroorganizmlardan biridir. Kuchli lupa yoki mikroskopsiz tekshirish uchun mikroorganizmlar juda kichik. Ehtimol, yer yuzidagi ilk tirik mavjudotlar bu mikroskopik hayvonlarga oʻxshash boʻlgan.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!