Nitrobakteriyalar nima?

Atrofimizda hayot uchun juda zarur boʻlgan, ammo undan foydalanish uchun “qoʻlga olish” lozim boʻlgan narsani tasavvur qila olasizmi? Bu — azot. Biz nafas olayotgan havoning taxminan beshdan toʻrt qismi azot gazidan iborat. Nafas chiqarganimizda azotni xuddi nafas olganimizdagi holatda, bir vaqtning oʻzida juda koʻp miqdorda kisloroddan nafas olmaslik uchun uni suyultirish maqsadida foydalanamiz. Protoplazma, yaʼni barcha tirik hujayralarni tashkil etuvchi moddaning hosil boʻlishi uchun kislorod kerak. Asosiy ozuqaviy materiya boʻlgan protein esa azotli birikmalar asosida hosil boʻladi.

Demak, havodan azotni ajratib olish layoqati juda muhimdir. Bu jarayon azot fiksatsiyasi (toʻplash) deb ataladi. Biz uchun bu jarayonning aksariyat qismini bakteriyalar bajaradi. Azot toʻplovchi bakteriyalarning ikki turi mavjud. Ularning biri oʻsimliklar ildizida, ikkinchisi esa tuproqda erkin yashaydi. Ular azotni qanday toʻplaydi? Bu bakteriyalar azotni toʻgʻridan toʻgʻri havodan olib, uni kislorod bilan biriktiradi va bu kombinatsiya asosida proteinlarni yaratadi. Ildizda yashovchi bakteriyalar faqat loviya, beda, yoʻngʻichqa va noʻxat kabi oʻsimliklarning ildiziga joylashadi. Ammo ular bu oʻsimliklarga kerak boʻlganidan koʻra koʻproq azot fiksatsiyalaydi va natijada ildizlarda ortiqcha azot toʻplanadi.

Oʻsimlik nobud boʻlganida yoki oʻrim-yigʻim paytida uning yuqori qismi kesilganda, ortiqcha azot yerga oʻtadi. Dala koʻp yillar davomida ekinlar uchun ishlatilsa va hosil muntazam ravishda yigʻib olinsa, azot tuproqqa qaytmaydi. Natijada tuproq oʻsimliklarni oziqlantirish qobiliyatini yoʻqotadi. Aynan shuning uchun fermerlar oʻgʻitlardan foydalanishga majbur boʻladi. Natriyli selitra, ammoniy sulfat, hayvon va qushlarning goʻngi tuproqdagi azotning oʻrnini bosuvchi oʻgʻitlardir. Bugungi kunda azotning tuproqdagi kerakli miqdorini tiklash uchun uni fiksatsiyalashning sunʼiy usullari ham mavjud.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!