20.02.2024
Qayerga qaramaylik, dunyo biz uchun juda rang-barang hamda goʻzal boʻlib tuyuladi, kimdir uni butunlay boshqacha koʻrishini tasavvur qilishimiz qiyin. Ammo odam hayvonlar ranglarni ajrata olishi yoki olmasligini qanday aniqlay oladi, hayvonlar bu haqda gapirib bera olmaydi-ku?
Bu savolga javob olish uchun olimlar koʻplab tajriba oʻtkazdilar. Yuzlab bunday sinovlarning ishtirokchisi asalarilar edi, chunki ular rangni farqlamasa, ular gulni qanday topishi qiziq edi. Quyidagicha tajriba oʻtkazildi: koʻk idishga ozroq sirop quyildi, qizil idish esa boʻsh qoldirildi. Qoʻyib yuborilgan asalarilar koʻk rangga uchib borishdi. Keyin esa buning aksi qilindi: qizilga sirop quyildi, koʻkiga esa — yoʻq. Ammo asalarilar baribir koʻk rangga uchib kelishdi. Shunday qilib, ular ranglarni ajrata olishi isbotlandi.
Tez orada asalarilar tomonidan gullarni idrok etishining ikkita gʻalati xususiyati aniqlandi. Birinchidan, ular qizil rangni farqlamaydilar. Ular bu rangni toʻq kulrang yoki qora deb bilishadi. Ikkinchidan, ular ultrabinafsha nurlarini rang sifatida qabul qilishadi, garchi odamlar uchun bu faqat qorongʻulik boʻlib koʻrinadi.
Qushlarning narlari (erkagi) koʻpincha yorqin rangga ega. Moda (urgʻochi) bu ranglarni sezadimi? Tovuqlar bilan oʻtkazilgan tajribalarda ular kamalakning barcha ranglarini koʻrishlari isbotlangan! Ammo hayratlanarlisi shu-ki: odamning doʻsti – itlar ranglarni ajrata olmaydi. Uzoq vaqt davomida it hidlarni, tovushlarni va oʻlchamlarni farqlay olgani kabi ranglarni ham mukammal idrok etadi deb hisoblashgan. Ammo haqiqiy itni sevuvchilar bu kashfiyotdan keyin unchalik xafa boʻlishmadi, chunki ularning sezgirlik qobiliyati bu kamchilikni toʻliq qoplaydi. Aytgancha, mushuklar ham ranglarni farqlamaydilar.
Maymunlar juda yaxshi rang tuygʻusiga ega, ammo boshqa sutemizuvchilarning aksariyati, shu jumladan buqa ham ranglarni koʻrmaydi!
Ushbu hodisaning sababi shundaki, bu hayvonlarning aksariyati tunda ov qilishadi, ular ranglarni farqlashga umuman ehtiyoj sezmaydilar, bundan tashqari: ularning oʻzlari koʻpincha xira rangga ega, shuning uchun bu qobiliyat ularning hayotida katta ahamiyatga ega emas.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.