20.02.2024
Oʻlmaslik uchun barcha tirik mavjudotlar nafas olishlari kerak. Nafas olish jarayoni bu — kislorod olish uchun havo bilan nafas olish va chiqindilarni chiqarish. Biz chiqaradigan havoda kislorod boʻlmaydi, unda karbonat angidrid va suv bugʻlari mavjud.
Biz nafas bilan olayotgan havodagi kislorod baʼzi oziq-ovqatlarni “yoqish” uchun kerak, shundagina organizm ularni hazm qilishi mumkin. Suv bugʻlari va karbonat angidriddan iborat chiqindilar organizm tomonidan qisman yoʻq qilinadi va qolgan qismi nafas bilan chiqariladi.
Aftidan, nafas olishning eng oddiy shakliga meduza va qurtlarning koʻpchilik turlari ega. Ularda nafas olish organlari umuman yoʻq. Suvda erigan kislorod ularning terisi orqali soʻriladi va erigan karbonat angidrid xuddi shu tarzda tashqariga chiqariladi. Ularning nafas olishlari haqida aytish mumkin boʻlgan hamma narsa faqat shundan iborat.
Murakkabroq tuzilishga ega jonzotlar boʻlgan tuproq chuvalchanglarida maxsus suyuqlik — qon bor, u teridan kislorodni ichki aʼzolarga olib boradi va karbonat angidridni qaytarib chiqaradi. Aytgancha, qurbaqalar baʼzan terini nafas olish organi sifatida ishlatib, shu tarzda nafas olishadi. Ammo ularning oʻpkasi ham bor va kislorod yetishmasligi holatida undan foydalanadi.
Koʻplab hasharotlar juda gʻayrioddiy va qiziqarli nafas olishadi. Agar ularning qorin boʻshligʻini diqqat bilan koʻrib chiqsangiz, biz koʻplab kichik teshik yoki kovakchalarni koʻrishimiz mumkin. Ushbu teshiklarning har biri traxeya deb ataladigan naychaga kirishdir. Bu odamning nafas olish naychasi yoki nafas olish tomogʻi kabi ishlaydi! Shunday qilib, hasharotlar ham biz kabi nafas oladi, faqat farqi shundaki, ularning qorin boʻshligʻida yuzlab nafas olish naychalari boʻlishi mumkin. Hasharotlar kabi kichik jonzotlarda bu naychalar koʻp joy egallamaydi. Ammo, agar odamlar ham xuddi shunday nafas olish tizimiga ega boʻlganda, nima boʻlishini tasavvur qila olasizmi? Qolgan aʼzolar uchun joy yetmas edi!
Aytgancha, nafas olish tezligi (yaʼni biz havoni qanchalik tez-tez nafas olishimiz) koʻp jihatdan mavjudotning kattaligiga bogʻliq. Hayvon qanchalik katta boʻlsa, u shunchalik sekin nafas oladi. Masalan, fil daqiqada 10 marta, sichqonlar esa 200 martaga yaqin nafas oladi.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.