20.02.2024
Kitlar baliq emas, balki sutemizuvchilardir. Ular issiq qonli jonzot boʻlib, ularning bolalari uvildiriqdan (baliq tuxumi) chiqmaydi, balki tirik tugʻiladi. Kit bolalari boshqa sutemizuvchilar singari ona suti bilan oziqlanadi.
Qiziq tomoni, kitlarning ajdodlari boshqa barcha sutemizuvchilar singari yerda yashashgan. Shuning uchun kitlarga suvda yashashga moslashishga toʻgʻri kelgan. Bu shuni anglatadiki, millionlab yillar davomida ularning organizmlarida boshqa muhitda yashash imkoniyatini beradigan oʻzgarishlar sodir boʻlgan.
Kitlarning jabralari (baliqlarning nafas olish aʼzosi) boʻlmagan va ular oʻpkadan nafas olishgani sababli, evolyutsiya jarayonida ularning nafas olish tizimida katta oʻzgarishlar yuz bergan. Ilgari ularning burun teshiklari boshning old qismida boʻlgan, keyin ular asta-sekin yuqoriga siljigan. Endi ularning suv yuzasida kislorod olishlarini osonlashtiradigan bir yoki ikkita nafas olish teshiklari mavjud.
Suv ostida nafas olish teshiklari ikkita kichik klapan bilan yopiladi va havo yoʻli ogʻizga ulanmaganligi sababli oʻpkaga suv tushishi xavfi yoʻq.
Kitlar odatda nafas olish uchun har 5–10 daqiqada suv yuzasiga koʻtariladi, lekin baʼzida ular 45 daqiqagacha suv ostida qolishlari mumkin. Suv yuzasiga chiqqan zahoti, kit darhol oʻpkasidan ishlatilgan havoni chiqarib yuboradi. Bu vaqtda hatto uzoq masofaga ham eshitiladigan kuchli shovqin paydo boʻladi. Aynan shu paytda “kit favvorasiniʻ kuzatishimiz mumkin. Bu favvora aslida suv emas, balki shunchaki chiqindi havo va suv bugʻlari.
Oʻpkadagi havoni tamoman almashtirish uchun kit favvorani bir necha marta ishga tushiradi, shundan soʻng u suvga chuqur shoʻngʻiydi. Baʼzi kitlar 600 metr chuqurlikkacha shoʻngʻish olishi bilan mashhur! Baʼzan katta kitlar dumini suv ustida koʻtarib yoki hatto havoga sakrab, suv yuzasidan butunlay uzilib, bir necha soniya havoda muallaq turishlari mumkin!
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.