Eng uzoq umr ko‘ruvchi hayvon bu…

Uzoq umr koʻradigan hayvonlar haqida koʻplab afsona va hikoyalar mavjud. Ammo ularning aksariyati juda boʻrttirilgan. Keling, bu boradagi baʼzi haqiqiy faktlar haqida gaplashamiz.

Sutemizuvchilar orasida odatda fil eng uzoq umr koʻradi. Aytishlaricha, 150–200 yil yashagan fillar boʻlgan, ammo bu maʼlumot tasdiqlanmagan. Ehtimol, yuz yil yashagan bironta fil oʻtgan boʻlishi mumkin, ammo qayd etilgan rekord bu taxminan 60 yil.

Uzoq umr koʻrish boʻyicha ot ham fil kabi peshqadamlardan biri. Ular koʻp holatlarda 50 yildan ortiq yashagani qayd etilgan. Shuningdek, koʻp yashaydigan hayvonlar haqidagi faktlar orasidan quyidagilar oʻrin olgan: begemot — 41 yil, karkidon — 40, ayiq — 34, maymun — 20 yildan ortiq, mushuk — taxminan 23 yil, it — 22 yil. Ushbu maʼlumotlar oʻrtacha hisobda aytilmagan, balki aniq sonlar boʻlib, muayyan hayvonlarga tegishli.

Qushlar haqidagi maʼlumotlarda baʼzan toʻtiqush va burgutlar 100 yildan ortiq yashashlari taʼkidlanadi. Ammo bu maʼlumot ham hech kim tomonidan tasdiqlanmagan. Aniq faktlarga kelsak, hozirgacha mavjud boʻlgan eng uzoq umr koʻruvchi qushlar: kondor — 52 yil, toʻtiqush — 54, burgut — 55, oq saqoqush — 51 yil. Kichik qushlar orasida: chugʻurchiq — 17 yil, kanareyka — 22, ingliz chumchugʻi — 23, kardinal — 30 yil.

Bu masalada turli xil baliqlar haqida ham koʻplab afsonalar mavjud. Zogʻorabaliq uzoq umr koʻradi degan tushuncha tarqalgan, ammo eng keksa zogʻorabaliq atigi 25 yoshgacha yashagani qayd etilgan. Maʼlumotlarga koʻra, Yevropa tishli kiti bir ingliz koʻlida 60 yildan ortiq vaqt davomida yashagan. Shuningdek, maʼlum boʻlishicha, Amerika ilonbaligʻi 50 yoshgacha hayot kechirgan.

Nihoyat, uzoq umr koʻrish boʻyicha chempion kimligini aytish vaqti keldi! Bu — toshbaqa. “Mavritaniya toshbaqasi” nomi bilan tanilgan toshbaqa turi 152 yoshga toʻldi va baʼzi biologlarning taxmin qilishicha, u 200 yoshgacha ham yashashi mumkin. Peshqadam aynan toshbaqalar ekanligiga yana bir rad etib boʻlmaydigan fakt bu Qoʻshma Shtatlarda yashaydigan “Qirol toshbaqasi”ning 123 yoshgacha umr koʻrishidir.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!