20.02.2024
Yuz minglab yillar avval, hali Yer yuzida odamlar paydo boʻlishidan ancha oldin okeanlarda baliqlar suzib yurishgan. Oʻsha paytlarda ular eng rivojlangan mavjudotlar edi.
Oʻshandan beri ular turli jihatdan rivojlanib kelmoqdalar, shu sababli hozirgi baliqlarning faqat baʼzi turlarigina birinchi ibtidoiy okean baliqlariga oʻxshaydi.
Odatda, baliq choʻzinchoq va dum tarafi toraygan tana shakliga ega. Bu suvda harakatlanish uchun moslashgan shakl boʻlgani uchun odamlar undan oddiy va suvosti kemalarini qurishda foydalanib kelmoqda.
Aksariyat baliqlar dumini motor sifatida ishlatishadi. Dumi va suzgichlari yordamida ular harakatni boshqaradilar. Baliqning bir turidan tashqari barchasi oyquloqlari (jabralar) bilan nafas oladi. Baliq ogʻzi bilan suvni yutadi, u oyquloqlar orqali oʻtadi va maxsus teshikdan chiqib ketadi. Suvda ham kislorod bor va xuddi oʻpka orqali havo inson qoniga oʻtgani kabi u ham oyquloqlar orqali baliq qoniga oʻtadi.
Ifloslangan suvda baliqlar suv yuzasiga suzib chiqib, havo bilan nafas olishga harakat qilishadi, ammo ularning oyquloqlari havodan kislorod olish uchun moslashmagan.
Baliqning qoni sovuq, ammo ularning asab tizimi boshqa hayvonlarniki bilan bir xil, yaʼni ular ham ogʻriqni his qilishadi. Baliq oʻta sezgir jonzot boʻlib, taʼmni butun terisi bilan his qiladi.
Baliq hid chiqarish xususiyatiga ega. Ularning boshida burun teshigi joylashgan ikkita kichik hid chiqarish aʼzosi bor. Baliqning quloqlari boshning ichida joylashgan boʻlib, “ichki quloqlar” deb ataladi.
Baliqlarning yuqori qismi toʻq rangda, pastkisi esa och rangda boʻlishining sababi shuki, bu xususiyat dushmanlardan himoya vazifasini bajaradi. Yuqoridan qaragan dushman suvnikiga oʻxshash qoramtir rangni koʻradi, pastdan qaraganda esa baliq suvning och rangli yuzasi kabi koʻrinadi. Baliqlarning 20 mingdan ortiq turi bor va har birining hayoti qanchalik xilma-xil ekanini tasavvur qilish qiyin!
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.